photo_2024-04-05_09-52-53photo_2024-04-05_09-52-57photo_2024-04-05_09-53-06photo_2024-04-05_09-53-13

O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirokida Almati shahrida 3-4 aprel kunlari Kriosfera ma’lumotlari va harakat rejalari orqali Markaziy Osiyo davlatlarining barqarorligini mustahkamlash bo‘yicha seminari bo‘lib o‘tdi.

Ushbu loyiha mintaqaviy suv ta’minotini qoʻllab-quvvatlash uchun qor, muzlik va doimiy muz tizimlarining (glyatsio-nival tizimlari) ahamiyatini ta’kidlaydi va kriosfera ma’lumotlari va harakat rejalari yordamida Markaziy Osiyo davlatlarining barqarorligini mustahkamlash uchun birgalikdagi sa’y-harakatlarini talab qiluvchi iqlim o‘zgarishi va uning suv resurslariga ta’siri transchegaraviy muammo ekanligini e’tirof etgan holda Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida yaqin hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan.

Ushbu seminarda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Geologiya va geofizika instituti Glyatsial geologiya markazi vakillari hamda mustaqil ekspertlardan iborat O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston vakillari, kriosfera tadqiqotlari sohasidagi xalqaro ekspertlar, ma’lumotlarni boshqarish bo’yicha mutaxassislar va siyosatchilar bilan bir qatorda faol ishtirok etishdi.

Tadbirda Oʻzbekiston vakili Sayyora Abdullayeva soʻzga chiqib, mamlakatimiz va mintaqamiz uchun togʻ muzliklarini monitoring qilish va tadqiq etish hamda togʻ ekotizimlarini muhofaza qilishning eng muhim masalalariga toʻxtalib oʻtdi va yakunida barcha seminar ishtirokchilarini, YUNESKOga a’zo davlatlarini, xalqaro hamkorlar va tashkilot vakillarini 2025-yilda Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasida ishtirok etish uchun taklif qildi.