Mineralogiya laboratoriyasi 1938 yilda tashkil etilgan. Birinchi rahbari – akademik А.S.Uklonskiy (1938-1972) Oʼzbekiston va qoʼshni hududlar mineralogiyasi va geokimyosini oʼrganishga asosiy hissa qoʼshgan katta mineraloglar maktabini yaratdi. Keyinchalik laboratoriya M.I. Baskakov, M.I. Ismoilov, E.А. Dunin-Barkovskaya, M.S.Karabaevlar tomonidan boshqarildi. Hozirda kunda laboratoriyaga geologiya-mineralogiya fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD) E.M.Аmirov rahbarlik qilmoqda. Laboratoriya tarkibida 7 ta xodim boʼlib, ulardan 1 tasi geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor, 1 tasi geologiya-mineralogiya fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD).

Laboratoriya asoschisi А.S.Uklonskiy oʼz tadqiqotlarida kimyoviy elementlar paragenezisi, elementlarning tabiiy izomorf qatorlari, ularning yer qobigʼida, minerallar va togʼ jinslaridagi harakati; izotoplarning tabiiy suvlar geokimyosidagi ahamiyati haqidagi nazariyalarni rivojlantirgan. Uning oltingugurtni sanoatbop toʼplamlari bilan bitumlar orasidagi paragenetik bogʼliqlik toʼgʼrisidagi nazariyasi Gazli hududida uglevodorodlar toʼplamini bashorat qilishga asos boʼldi va keyinchalik bu yerda yirik gaz koni ochildi.

Laboratoriyada koʼplab foydali qazilma boylik konlarida, maʼdanli maydonlarda, katta hududlarda va alohida genetik turdagi konlarda muntaeam rejali tadqiqotlar utkazildi. Xususan, qoʼrgʼoshin-rux (M.I.Moiseeva), mis-porfir (S.T.Badalov, I.M.Golovanov), oltin (M.I. Moiseeva, G.M.Chebotarev, S.K. Smirnova, M.S.Karabaev, E.M.Аmirov va b.), vismut va flyuorit (E.А. Dunin-Barkovskaya), volьfram (M.I.Ismoilov, O.А.Bobojonov, M.S.Karabaev, E.M.Аmirov) maʼdanlari. Epigenetik mineral hosil boʼlish jarayoni va uning choʼkindi togʼ-jinslari ichida maʼdan toʼplamlari hosil qilish (M.P. Baskakov, S.K. Smirnova) masalalari oʼrganildi.

А.S.Uklonskiy

Mineral hosil boʼlish jarayonining bosqichma-bosqichlik masalalari, minerallarning joylashish qrnuniyatlari, tipomorfizmi, paragenetik assotsiatsiyalari va boshqa masalalar tadqiq qilindi. Bu tadqiqotlar maʼdan konlarini mineralogik bashorat qilish, qidirish va baholash usullarini yaratishda asos boʼldi va maʼdan hosil boʼlishining nazariy masalalarini yechishga salmoqli hissa qoʼshdi.
Mis konlari minerallarining paragenezisini oʼrganish keyinchalik Oʼrta Osiyo sanoatbop mis-porfir konlari maʼdan turlarini tasniflash va Garbiy Tiyon-Shonning mis konlarini rayonlashtirish sxemasini yaratishga olib keldi (I.M.Golovanov). Chodak maʼdan maydonida minerallar hosil boʼlishining yangi ketma-ketlik sxemasi yaratildi va shu asosda yangi oltin maʼdani zahiralari bashorat qilindi (S.K.Smirnova, M.M.Mansurov). Oʼrta Osiyoning Markaziy kismini vismut va vismutli maʼdanlar uchun rayonlashtirish sxemasi yaratildi va vismut maʼdanlarini qidirish omillari ishlab chiqildi (E.А.Dunin-Barkovskaya).

Genetik mineralogiyaning nazariy asoslaridan biri — minerallarning tipomorfizmi boʼyicha keng tadqiqotlar oʼtkazildi (M.I.Moiseeva, M.I.Ismoilov, O.А.Bobojonov, S.K.Smirnova, M.S.Karabaev, E.M.Аmirov va b.). Minerallarni turli darajada — mikroskopik xususiyatlaridan tortib to ularning kristall panjarasidagi oʼzgarishlarigacha boʼlgan tadqiqotlar natijasida minerallarning kompleks tipomorfik xususiyatlari aniqlandi. Ular oltin, volьfram, mis, polimetall va boshqa maʼdanlarni qidirish va bashorat qilishning mineralogik omillarini yaratishga olib keldi.

M.I.Moiseeva Qoʼrgʼoshinkon koni (Olmaliq maʼdan maydoni) polimetall maʼdani boʼyicha sanoat ahamiyatiga ega ekanligini asoslab berdi va shu bashorati uchun unga “Pervootkrыvatelь mestorojdeniya” unvoni berildi. Volьfram maʼdanlarini bashorat qilishning kompleks mineralogik omillarini yaratish va uni Qoʼytosh konida oʼtkazilgan geologiya-qidiruv ishlarida qoʼllash natijasida ijobiy natijalar olingani uchun laboratoriya xodimlari M.I.Ismoilov, O.А.Bobojonov Аbu Rayhon Beruniy nomidagi Oʼzbekiston Respublikasining Davlat mukofoti bilan taqdirlangan.

Pirit va oltinning kristallomorfologik alomatlari asosida maʼdan tomirlarini yuvilish darajasini aniqlash usuli yaratildi va u oltin konlarida yopiq maʼdanlarni bashorat qilishda ishlatildi (S.K.Smirnova). Laboratoriya xodimi G.M.Chebotarev oltin va u bilan birgaliqdagi mineraplarning strukturasidagi va tarkibidagi holatlarni mikrozond analizi orqali oʼrganish natijasida yangi yoʼnalish – mikromineralogiyaga asos soldi.

Mineralogik tadqiqotlar yangi turdagi maʼdanlar va ularning noanʼanaviy turlarini aniqlashga, Olmaliq va Muruntov konlarining maʼdanlaridan turli elementlarni kompleks ravishda ajratib olish toʼgʼrisida tavsiyalar ishlab chiqishga olib keldi. 3 ta yangi mineral — berunit, jozeit va vismutning telluridi va 4 ta yangi turdagi minerallar – vannadiyli turmalin, vannadiyli granat, ruxli serpofit va tarkibida ruxli feruza aniqlandi. 6 jildli fundamental monografiya “Mineralы Uzbekistana” (1975-1989) minerallarning tasnifini ishlab chiqishga va tipomorfologik tadqiqotlarni rivojiga katta hissa boʼldi. Uning masʼul muharriri va tuzuvchisi M.I.Moiseevadir.

Hozirgi paytda yirik oltin va volьfram konlari hosil boʼlishining mineralogik modelini va qidirish, bashorat qilishning kompleks omillarini yaratishni maqsad qilgan fundamental mavzular boʼyicha ish olib borilmoqda. Olib borilayotgan amaliy va xoʼjalik shartnoma mavzulari esa Respublikaning mineral – xom ashyo zahiralarini kengaytirishga qaratilgan. 20 monografiya va yuzdan ortiq maqolapar chop etilgan. 6 ta fan doktori va 20 dan ortiq fan nomzodi yetishtirilgan.

Laboratoriya xodimlari tomonidan soʼngi 5 yilda bajarilgan tadqiqotlar davomida quyidagi muxim ilmiy-amaliy natijalarga erishilgan:

Markaziy Qizilqum endogen maʼdanlashuvi koʼp faktorli jarayon boʼlib turli geologik pozitsiyalarda rivojlangan konlar oʼzaro metasomatik hosilalari, mahsuldor mineral assotsiatsiyalari komplekslari, mineral tarkibi va geokimyoviy xususiyatlari bilan farqlanishi, ularning turli geologik pozitsiyalarda – oltin-nodirmetallining granitoid intruziyalar kontakti atrofida, oltinlining esa tektonik yoriqlanish zonalarida hosil boʼlishiga bilan bogʼliq. Regionda oltin maʼdanlashuvining hosil boʼlishi koʼp bosqichli boʼlib, unda alohida mahsuldor mineral assotsiatsiyalari, maʼdanlashuvning maʼlum bir geokimyoviy turi bilan bogʼliq holda rivojlanishi aniqlangan; har xil turdagi maʼdanlashuvning mineral assotsiatsiyalari ularning majmuasi va tarkibi bilan farq qiladi. Oltin-nodirmetalli Saritov, Sautboy konlari bilan Muruntov konining, hamda Аuminzatov va Bukantovdagi oltin-kumushli obʼektlar bilan Daugiztov konining mineral assotsiatsiyalari bir-biriga yaqinligi aniqlangan.

Markaziy Qizilqum turli xil maʼdanlaridagi mikromineral majmualarini tadqiq qilish asnosida oltin-nodirmetalli maʼdanlashuv uchun oltin bilan vismut minerallarining uzviy bogʼliqligi aniqlangan. Postmagmatik maʼdanlashuvning old bosqichlari mahsullari uchun vismutning sof, sulьfidli va telluridlari, kechki bosqichlarida – uning turli sulfosollari xos; ularda oltin sof holda uchraydi va kvartsgʼoltinli geologik-sanoat maʼdanlari bilan tavsiflanadi. Oltin-kumushli maʼdanlarda mikrominerallardan selenidlar, sulьfoantimonidlar, hamda kumush va oltinning telluridlari tipomorf belgi sifatida aniqlandi; ushbu maʼdanlarda oltinning asosiy qismi sulьfidlar bilan dispers bogʼliqlik xosil qilgan va oltin-sulfidli geologik sanoat turini tashkil qilgan.

Laboratoriya hodimlari:

  • Аmirov Elmurod Mansuriddin oʼgʼli – laboratoriya mudiri, g-m.f.f.d. (PhD)
  • Karabaev Mamatxan Sadirovich – bosh ilmiy hodim, g.-m.f.d., professor
  • Moyliev Maʼrufjon Shodmonovich – kichik ilmiy hodim
  • Orolov Аzizbek Kaimjonovich – kichik ilmiy hodim