H.M Abdullayev nomidagi Geologiya va Geofizika instituti Glyatsial geologiya labaratoriyasi 2021-yildan Glyatsial geologiya markazi deb yuritila boshladi. Hozirgi kunda markazda 1 ta geologiya va mineorologiya fanlari nomzodi 1 ta fizika matematika fanlari nomzodi va 3 ta kichik ilmiy xodim va 2 nafar mutaxassislar faoliyat yuritmoqda.
Markaz bugungi kunda “Chotqol-Qurama nival hududi muzliklar evolyutsiyasi va morena yotqiziqlarining geokimyoviy hususiyatlari” mavzusi doirasida geologik qidiruv ishini olib bormoqda. Markaz xodimlari mazkur mavzu doirasida 2019-2022 yillar davomida bir nechta Xalqaro konferensiyalarda ishtirok etib 7 ta tesizlar, mahalliy jurnallarda 4 ta va Xalqaro jurnallarda 1 ilmiy maqolalar chot ettirdilar.
Bugungi davrning dolzarb muammolaridan bo’lgan global iqlim o’zgarishi natijasida O’rta Osiyo tog’ muzliklarining massa balansini tadqiq etish, muzliklarning chekinishi va mazkuz maydonlarda hosil bo’ladigan morena ko’llarini xavfini monitoring qilish uchun bir qator Xalqaro loyiharda ishtirok etmoqda. Bularga YUNESKO ning GLOFCA (aholining muzlik ko’llarining toshishidagi havfini kamaytirish) dasturi doirasida 19-noyabr kuni Toshkentda bo’lib o’tgan xalqaro konferensiyasi misol bo’la oladi. Bundan tashqari Shvetsariyaning Friburg Universiteti bilan hamkorlikda olib boriladigan CICADA loyihasida Piskom muzliklar tizimi massa balansi monitoring qilinmqda. Markaz xodimlari Innovatsion rivojlanish vazirligida e’lon qilingan “Global iqlim oʼzgarishi sharoitida togʼ muzliklari massasi balansi oʼzgarishining monitoring tizimini va muzliklarning kelajakdagi holatini tavsiflovchi texnologiyalarni ishlab chiqish” grantida ham faoliyat yuritib kelmoqda.
Glyatsial geologiya markazi Respublikada mazkur sohani yanada rivojlantirish maqsadida bir nechta davlatlarning Institutlari bilan memorandum imzoladi. Bu Xalqaro memorandumlar qatorida Reading (Angliya), Friburg (Shvetsariya) Universitetlari ham borligi kelajakda Respublikamizning Glyatsiologiya fanida yanada rivojlanish bo’lishiga zamin hozirlaydi.