1958 yilda Oʼrta Osiyo petrologiya-metallogeniya maktabining asoschisi akademik H.M.Аbdullaev tomonidan tashkil etilgan. 2012 yildan xozirgacha labortoriyaga g.m.-f.d. U.D.Mamarozikov raxbarlik qilmoqda.

Laboratoriyada bajarilayotgan tadqiqotlarning asosiy yoʼnalishi

Oʼzbekistonning togʼ-konchilik rayonlarida maʼdanli foydali kazilmalarning xosil boʼlish sharoitlarini va joylashuv qonuniyatlarni oʼrganishdan, shuningdek qimmatbaxo, rangli va noyob metallar konlarini bashorat qilishning va izlashning geologik, petrologik, mineralogik va geokimyoviy meʼzonlarini aniqlashdan iborat.

Laboratoriya asoschisi akademik X.M.Аbdullaev nomi bilan Oʼrta Osiyo petrometallogeniya maktabini shakllanishi bogʼliq. Uning Oʼrta Osiyo magmatizmi va metallogeniyasiga doir mumtoz asarlarida maʼdan xosil boʼlishini magmatizmga aloqadorligi, maʼdan-petrografik qatorlar, mintaqalarni ajratish va ularni tasniflash masalalari asoslab berilgan. Laboratoriya xodimlari tomonidan Oʼrta Osiyoning markaziy qismi metallogenik xaritasini tuzishning nazariy asoslari ishlab chiqilgan. Maʼdanlashuvning magmatizm bilan genetik aloqadorligi, maʼdanlashuvni koʼpbosqichliligi toʼgʼrisidagi ilmiy qarashlar rivojlantirilgan va asoslangan. Metallogeniyani yer qobigʼining chuqur qismlari bilan alaoqadorlikka egaligi, litosferaning xar-xil bloklarini metallogenik ixtisoslashuvi hamda maʼdanlashuv evolyutsiyasining paleometallogenik jihatlariga doir muommolar tadqiq etilgan.

Maʼdan konlarini chuqur oʼrganish, ularning geologik-genetik hususiyatlarini va maʼdanli formatsiyalarga tegishliligini aniqlashga doir tadqiqotlar natijasida quyidagi muhim natijalarga erishilgan: noanʼanaviy turdagi nodnoyob ishqorli metall (litiy) koni (Shavoz) ochilgan (T.M.Voronich, L.M.Gleyzer); Janubiy-gʼarbiy Hisor yangi polimetalli-kolchedan mintaqasi (Xondiza koni) ekanligi asoslangan; Uchquloch barit-polimetall konining stratiform turga mansubligi koʼrsatilgan; vulkanogen-choʼkindi turga mansub temir koni (Temirkon) aniqlangan (P.V.Pankratьev, Yu.V.Mixaylova); mintaqa uchun yangi ongonit-leykogranit assotsiatsiyasiga aloqador nodirmetalli (niobiy, tantal v.b.) va kamyob yer metalli majmuaviy maʼdanlashuvning noanʼanaviy turlari aniqlangan (U.D.Mamarozikov va. b.).

Laboratoriya xodimlari tomonidan soʼnggi 15 yilda bajarilgan tadqiqotlar davomida quyidagi muxim ilmiy-amaliy natijalarga erishilgan: Birinchi marta Oʼrta Tyanь-Shonda noyobmetalli nordon magmatik jinslarning yangi turlari – fayalitdor va egirinli ongonitlar, ongoriolitlar va leykogranitlar aniqlangan. Ularni mintaqaviy tarqalishini oʼrganish asosida Sharqiy Oʼzbekistonda Qoraqushxona-Boshqizilsoy, Chetsuv-Shavkatli, Yertoshsoy va Kelenchek-Toshsoy kabi noyobmetallarga va kamyob yer metallarga istiqbolli maydonlar ajratilgan. Ongoriolit-leykogranit assotsiatsiya bilan genetik aloqador maʼdanlashuvning beshta fatsial turlari aniqlangan va ularning shakllanishi mexanizmlari asoslangan: flyuid-eksploziv-intruziv (Shavozsoy turi), ekzogreyzen (Sargardon turi), apogranit-intruziv (Kelenchek-Toshsoy turi) va kombinatsiyalashgan apogranit-intruziv-ekzogreyzen (Chorkesar turi). Erishilgan natijalar Kelenchek-Toshsoy maydoni boʼyicha noyobmetalli va kamyob yer metalli maʼdanlashuvni maxsus ilgarilama qidiruv ishlarini rejalashtirish va samarali amalga oshirishga asos boʼlgan. Plitaichi sienitoidlari va ongoriolit-leykogranit assotsiatsiyasiga aloqador nodir va kamyob yer metalli poligen maʼdanlashuvning modeli Chestuv-Shavkatli maʼdanli maydoni misolida asoslangan. Bu yerda granosienit va leykogranit intruziyalari apofizalari hamda apikal qismlari atrofida rivojlangan kvarts-gematit-xloritli metasomatitlarda va gidrotermalitlarda (tomirlar) ittriy, skandiy va nodir yer elementlarining juda yuqori kontsentratsiyalari (922-2689 g/t) aniqlangan. Shuningdek, mazkur postmagmatik hosilalarda qalayi, berilliy, sirkoniy, niobiy, tantal, volьfram, kumush, toriy va uranning yuqori kontsentratsiyalari mavjud. Erishilgan natijalar asosida Chetsuv-Shavkatli maydoni kamyob yer metallarining sanoatbop axamiyatga molik, shuningdek qimmatbaxo va noyobmetalli yuklamali kompleks maʼdanlarining potentsial resurslarini baxolash uchun maxsus ilgarilama qidiruv-baxolash ishlari oʼtkazish tavsiya qilingan. Chorkesar maydonida ongoriolit-leykogranit assotsiatsiyasiga genetik aloqador pegmatitlar va greyzenlarning niobiy-tantaldorligi, kvarts-ftorkarbonatli gidrotermal tomirlarning kamyob yer metalldorligi, berizitlarning molibden va volьframga ixtisoslashganligi aniqlangan va asoslangan. Natijada Chorkesar maydonining nafaqat urandorligi, balki uni noyobmetallarga (asosan niobiy va tantalga) va kamyob yer metallarga ham istiqbolli ekanligi tasdiqlangan, hamda u sanoatbop niobiy-tantalli, kamyob yer metalli maʼdanlarni potentsial resurslarini baxolash uchun maxsus ilgarilama qidiruv-baxolash ishlari oʼtkazishga tavsiya qilingan. Beltov (Tasqazgʼon) va Shimoliy Tomditov gabbro-peridotit massivlari peridotitlarining, gabbroidlarining jins xosil qiluvchi va aktsessor-maʼdan minerallarining, maʼdan shakllantiruvchi flyuid mikrohosilalarining 50 ga yaqin turlarini moddiy takrkiblari va uchrash shakllari aniqlangan. Jumladan ushbu jinslarda temir, titan, mis, nikel va kobalt, xrom, platinoidlar, oltin, kumush, nodir va kamyob yer metallarining asosiy mineral-kontsentratorlari va mineral-tashuvchilari aniqlangan boʼlib, ular qimmatbaho metalli yuklamali temir-xromli, temir-titanli, hamda mis-nikelli maʼdanlashuvni aniqlashda mineralogik meʼzon boʼlib xizmat qilishi taʼkidlangan. Shuningdek, ushbu jinslarning oʼrganishda mikrozond usulini qoʼllab, ularda kumushning silikati, sulьfati va karbonati, palladiyli kumush kabi mikrominerallar hamda tarkibida yengil platinoidlar, oltin va kumushning qoʼshimchalari uchrovchi flyuidli mikrohosilalari aniqlangan. Quljuqtovda rivojlangan diabazlar va lamprofirlarning ICP-mass-spektrometrik usuli yordamida oʼrganib, ularda margumush, selen va surma kabi oltin va kumushga yoʼldosh elementlarning klark-kontsentratsiyalarini bir necha marta, xatto oʼn yoki yuz marta yuqoriligi aniqlangan hamda oltin-kumushli maʼdanlashuvni ushbu daykalarga aloqadorligi toʼgʼrisida xulosa qilingan. Bu mikrozond usulida ushbu jinslardagi piritda va arsenopiritda oltin, kumush va yengil platinoidlarning qoʼshimtalari aniqlanganligi bilan tasdiqlangan. Tozbuloq intruzivi miaskitli nefelinli sienitlari va pegmatitlarining litiyga, rubidiyga, seziyga, sirkoniyga va kamyob yer metallariga ixtisoslashganliklari aniqlangan. Ushbu ishqorli jinslarni koʼp maqsadli foydalanishga yaroqli alyuminiy-nodirmetalli (Al, Li, Zr va TR) istiqbolli kompleks xom-ashyo sifatida baholash tavsiya qilingan. Laboratoriya xodimlari:

  • Normatov Utkir Аbdujamilovich – laboratoriya mudiri, kichik ilmiy xodim
  • Mamarozikov Usmonjon Dovronovich  – bosh ilmiy xodim, g.-m.f.d.
  • Suyundikova Gulchexra Maxkambaevna – kichik ilmiy xodim
  • Xamraev Аxmadali Xurram oʼgʼli – tayanch doktorant
  • Saitov Nuriddin Erkin oʼgʼli– stajyor-tadqiqotchi
  • Ikromov Utkur Olimovich – texnik-geolog
  • Yoʼldoshev Zokir – texnik-geolog