I.H. Hamroboev nomidagi petrologiya laboratoriyasi Institut tashkil etilgandan beri hozirgi kungacha fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar olib boriladi.

Laboratoriya mudirlari

  • OʼzFА muqbir aʼzosi I.M.Isamuxamedov (1938-1957)
  • akademik I.H.Hamroboev (1958-2002 yy),
  • g.-m.f.d. R.Аxundjonov (2003-2020 yy),
  • g.-m.f.f.d. (PhD) F.B.Karimova (2021 yildan).

Asosiy yoʼnalishlar

  • Magmatik va metamorfik togʼ jinslarini tadqiq etish va ularning hosil boʼlgan sharoitlarini aniqlash
  • Yer mantiyasi va litosferasining tuzilishida, tarkibining evolyutsiyasida magmatizmning ahamiyatini oʼrganish
  • Endogen konlarni shakllanishining petrologik modellarini ishlab chiqish.

Petrologiya laboratoriyasida magmatizm, metamorfizm, metasomatizm mahsulotlari formatsion, fatsial tahlillari va potentsial maʼdandorligini oʼrganish bir-biri bilan uzviy bogʼliq holda olib boriladi. Ular Oʼzbekistonda juda keng rivojlangan batolit va kichik intruziyalar, granitoidlar, ulьtrabazit va bazitlar, hilma-hil dayka jinslarini qamrab oladi. Bugungi kunda akademiklar H.M.Аbdullaev, I.H.Hamroboev, T.N.Dolimov, belgilagan petrologik-metallogenik muammolar shu maktabning vakillari g.-m.f.doktorlari R.Аxunjonov, U.D.Mamaroziqov, professor X.D.Ishbaev va ularning shogirtlari ishtirokida oʼz yechimini topmoqda.

Keyingi yillarda magmatizm va endogen konlari joylanishida yer qobigʼining chuqur qavatlarining tuzilishi, litosferani tarkibi oʼrtasidagi aloqadorlikning yangi jihatlari aniqlangan. Yer qobigʼining har-xil yoshdagi turli tarkibli davomiy magmatizm mahsulotlari bilan turli poligen maʼdan konlari maksimal zich toʼplangan hududlar “maʼdan-magmatik kontsentrlar” tarzida ajratilgan. Oʼta yirik oltin va mis-molibden konlarida (Muruntov, Katta Olmaliq va boshqalar) magmatizm va u bilan uzviy kechgan maʼdan hosil boʼlish jarayonlarini poliformatsiyaliligi va davomiylik (50 mln. yilgacha) belgilari aniqlangan. “Yoshlik” mis-molibden konining hosil boʼlishi diorit va, asosan, montsodiorit va montsonit kichik intruziyalari bilan bogʼlanganligi ifodalangan.

Kichik intruziyalar va ekstruzivlar apikal qismlarida (gumbazlarida) maʼdanli tanalar shakllanishining modellari ishlab chiqilgan.
Oltin, kumush va platinoidlar maʼdanlashuvi plutonik daykalari xosilalari bilan bogʼlikligi tahlil qilingan.

Maʼdan-magmatik tizimlarda yirik konlarning hosil boʼlish mexanizmi flyuidga toʼyingan suyuqliklarda kechadigan konvektsiya nuqtai-nazari qabul qilingan holda, magmatik ustunlar (kolonnalar) yuqori qismlarida metaldor “pufakchalar”ni ajrab chiqishi (degazatsiya) va yon-atrof jinslarida metallarning joylashishi bilan tushuntirilgan. Bu endogen konlar magmatik etapda hosil boʼlishi gʼoyasini isbotlanishiga oid.

Institut petrologlari paleookean havzalar qirgʼoqlarining rivojlanishini bosqichliligi, evolyutsiyasi, bazaltoid, granitoid va montsonitoid magmatizm va petrologik-geokimyoviy indikatorlik belgilarini aniqlash asosida oltin, kumush va kamyob metalli maʼdanlashuvning hosil boʼlishida va joylashishida magmatizmning, geodinamikaning rolini oʼrganishga doir fundamental tadqiqotlar olib borilmokda.

Ohirgi ilmiy tekshirishlar natijasida Gʼarbiy va Sharqiy Oʼzbekistonni okeanik, orol yoyi, faol kontinental chekka va plita ichi geodinamik sharoitlarida hosil boʼlgan bazalьtoid va gabbroid formatsiyalarini geologik, petrografik, petrokimyoviy va geokimyoviy xususiyatlari aniqlangan.
Sharqiy Oʼzbekistonni vulqonik va intruziv formatsiyalarini modal, kimyoviy va normativ tarkiblarini solishtirish natijasida ularning yaqinligi asosida vulqonik-plutonik assotsiatsiyalari qatorlarini ajratilishiga imkoniyat yaratildi. Gomodrom vulqonik-plutonik assotsiatsiyalari qatorlari mantiyaviy-qobiq magmalari turidan hosil boʼlganligi tahmin qilingan.
Oʼrta Tiyon-Shon uchun yangi peridotit-piroksenit-gabbro assotsiatsiyasi ajratilgan va uning temir, titan, mis va platinoidlarga ixtisoslashganligi aniqlangan.

Birinchi marotaba Olmaliq-Аngren xududi Qizilolma va Koʼchbuloq oltin-kumush konlarida maʼdanlashuv plutonik daykalar assotsiatsiyalari (kersantit, kamptonik, odinit, sienit-porfir, ongoriolit) bilan bogʼlikligi aniqlangan.

Hozirgi kunda laboratoriyada olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar (GRR)

Sultonuvays, Zirabuloq-Ziaetdin, Qoratepa, Quljuqtogʼ, Hisor tizmasining janubiy yonbagʼri va janubi-gʼarbiy tarmoqlari (II – bosqich) magmatik jinslar petrotiplari atlasini tuzish (rahbar Ileshov K.M.)
Oʼzbekistonning togʼ-maʼdanli hududlari togʼ jinslari, minerallari va maʼdanlarining etalon namunalar kollektsiyasini hamda ularning elektron bazasini yaratish (rahbar Djumaniyazov D.I.)

Laboratoriyada bir nechta xoʼjalik shartnomalar mavjud

Olmaliq togʼ metallurgiya kombinati bilan tuzilgan “Yoʼl xaritasi”da koʼrsatilgan loyihalar

  • Olmaliq-Аngren togʼ-kon mintaqasida oltin-kumush, mis va nodir metallarning minerallashuvini kompleks chuqur bashorat qilish (rahbar Karimova F.B.)
  • Oltin maʼdanlashuvi joylanishini aniqlash maqsadida Uzun va Janubiy-Sharqiy Uzun tuzilmasidagi maʼdanli jinslarning oʼrganish (rahbar Musaev А.M.).

Shimoli-Nurota dala geologiya qidiruv ekspeditsiyasi bilan tuzilgan loyihalar

  • Mineralogo-petrograficheskaya xarakteristika rudovmeщayuщix porod i rud Zapadnogo flanga mestorojdeniya Pistali (rahbar Djumaniyazov D.I.)
  • Oltin maʼdanlashuvining mineralogik va petrografik xususiyatlarini oʼrganish boʼyicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, shuningdek maʼdan qamrovchi jinslarning mineral tarkibi (magmatik, metamorfik va metasomatik), maʼdan va maʼdan qamrovchi jinslarning metasomatik oʼzgarishini oʼrganish (rahbar Ishbaev X.D.)

Zarafshon dala geologiya qidiruv ekspeditsiyasi bilan tuzilgan loyiha

  • Ziyovuddin maʼdanli maydonigi Yangi Umid va Gʼarbiy Yangi Umid uchastkalarida Oltin minerallashuvining petrografik va mineralogik-geokimyoviy xususiyatlarini oʼrganish (rahbar Djumaniyazov D.I.);

Laboratoriyani ohirgi 10 yildagi monografiyalari

  1. Аxundjanov R., Rafikov Ya.M, Zenkova S.O., Karimova F.B. Vulkanicheskie i plutonicheskie assotsiatsii Uzbekistana. T.: GP “IMR”. 2019. – 270 s.
  2. Аxundjanov R., Mamarozikov U.D., Usmanov А.I., Saydiganiev S.S., Zenkova S.O., Karimova F.B. Petrogenezis potentsialьno rudonosnыx intruzivov Uzbekistana (na primere Chatkalo-Kuraminskogo i Nuratinskogo regionov). T. Izdatelьstvo «Fan» Аkademii nauk Respubliki Uzbekistan. 2014. – 352 s.
  3. Ishbaev X.D. Ksenolitы i gomeogennыe vklyucheniya v magmaticheskix obrazovaniyax (na primere Kыzыlkumo-Kuraminskogo okrainno-kontinentalьnogo vulkanicheskogo poyasa). T.: GP “NIIMR”, 2016. – 176 s.
  4. Ishbaev X.D., Shukurov А.X., Kosbergenov K.M. Dayki i orudenenie Koytashskogo rudnogo polya (Yujnыy Tyanь-Shanь). – T.: «Navroz», 2020. – 206 s.
  5. Karimova F.B. Plutonicheskie dayki zoloto-serebryanыx mestorojdeniy Аlmalыk-Аngrenskogo rayona. T.: «Lesson Press». 2020. – 113 s.

Hozirgi kunda Petrologiya laboratoriya tarkibi 10 nafar xodimdan iborat boʼlib, ulardan 1 nafari professor, 2 nafari fan doktori, 2 nafari fan nomzodi, 2 ta doktorant, 2 ta muhandis-geolog. Magmatizm va maʼdanlashuv muammosiga bagʼishlangan tadqiqotlar institut tashkil etilgan kunlardan boshlangan va hozirda ham uning asosiy ustivor yoʼnalishlaridan hisoblanadi.