photo_2024-03-28_12-55-06 (4)photo_2024-03-28_12-55-06photo_2024-03-28_12-55-06 (2)photo_2024-03-28_12-55-06 (3)Bugun H.M.Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika institutida Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumani IIOFMB Kiberjinoyat boʻlimi xodimlari kapitan Agzamov M.G. va katta leytenant Xoshimov A.A lar ishtirokida аsrimizning global muammolari qatoriga yangidan-yangi turlari bilan tilga olinayotgan ,,Kiber jinoyatchilik: tahlil, tahdid va himoya” mavzusida yigʻilish-seminari boʻlib oʻtdi.
Unda hozirgi vaqtda avj olayotgan kiberjinoyatchilik, undan qanday qilib himoyalanish va bunday xolatlarda murojaat qilish tartibi haqida toʻxtalib oʻtildi.
Shuningdek, barchamizni telefon qurilmalarimizga bogʻlangan plastik kartochkalarni boshqarish dasturlarini himoyalash toʻgʻrisida ham kerakli koʻrsatmalar berildi.
Institut xodimlari oʻzlari qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob olishdi.