photo_2024-01-18_11-13-44photo_2024-01-18_11-02-56photo_2024-01-18_11-02-46

H.M.Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika institutida O’zbekistonning tog’-ma’danli hududlari tog’ jinslari, minerallari va ma’danlarining etalon na’munalar kolleksiyasini hamda ularning elektron bazasini yaratish fundamental tadqiqot doirasida tog’ jinslarining elektron bazasini shakllantirish masalasi malakali petrograflar R.Axunjanov va U.D.Mamaroziqov ishtirokida muhokama qilindi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, ushbu loyiha asosida yaratilgan mobil ilova ilk bora O’ZBEK TILIDA taqdim etilib, O’zbekiston hududida tarqalgan 1000 ga yaqin tog’ jinslarining mufassal tasnifi (rasm, analiz, na’muna olingan joyi) keltirilgan va foydalanish uchun qulaylashtirilgan mobil ilova ko’rinishda bo’lad