IMG_20221107_160928_7705-6 noyabr kunlari Samarqand shahrida “Samarqand marafoni” xalqaro xayriya poygasi bo‘lib o‘tdi.

“Samarqand marafoni” 2019-yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan Sportni rivojlantirish vazirligi va Samarqand viloyati hokimligi ko‘magida har yili o‘tkaziladigan xayriya poygasidir.

Barcha musobaqalar madaniyat va san’at maskanlarida inklyuzivlik muammosiga jamoatchilik e’tiborini jalb qilish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, mamlakatimizda sport turizmini rivojlantirish masalalarini hal etishga xizmat qilmoqda.

Geologiya va geofizika instituti xodimlari. HM. Abdullaeva Nurmuhamedov Islom va Abduvaliev Abduxamidlar faol ishtirok etib, munosib natija ko‘rsatishdi.