H.M. Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika institutida “Korrupsiya – jamiyat taraqqiyotiga to‘siq” mavzusida targ‘ibot-tushuntirish seminar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda korrupsiyaning iqtisodiy, huquqiy va ma’naviy oqibatlari, uning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri hamda unga qarshi kurashishning institut darajasidagi mexanizmlari muhokama qilindi. Xodimlarga amaldagi qonunchilik, shaxsiy mas’uliyat va halollik tamoyillari haqida tushuntirishlar berildi.
Seminar ochiq muloqot va savol-javoblar ruhida o‘tib, barcha ishtirokchilar korrupsiyaga qarshi kurashda faollik va daxldorlik namoyon etish zarurligiga urg‘u berdilar.
⚖️ Halollik va adolat – sog‘lom jamiyat poydevoridir.