Joriy yilning 29-30-sentyabr kunlari Toshkent viloyati Bo’stonliq tumanida joylashgan ,,Geolog” oromgohida vazirlik tizimida faoliyat ko’rsatayotgan yoshlar o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish maqsadida sportning futbol,  stol tennisi, badminton va shaxmat turlari bo’yicha musobaqalar o’tkazish belgilangan. H.M.Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika institutida ushbu musobaqalarga tayyorgarlik ko’rish va saralash o’yinlari boshlab yuborildi.