12-sentyabr kuni Geologiya va yer qa’ridan foydalanishni rivojlantirishning dolzarb yo’nalishlari, yer qa’rida qidirish ishlarini olib borish, undan foydalanish va muhofaza qilish bo’yicha hukumatlararo kengash ga a’zo davlatlar ishchi guruhining ikkinchi yig’ilishi bo’lib o’tdi. Unda H.M.Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika instituti direktori A. B. Xolikov ishtirok etdi.
Online tarzda bo’lib o’tgan yig’ilishda:
-zamonaviy sharoitda geologiya va yer qa’ridan foydalanishning dolzarb yo’nalishlari ko’rib chiqildi va muhokama qilindi.:
– mineral resurslar zaxiralarini baholash va foydali qazilmalarni qazib olish sohasidagi mutaxassislarga hamda vakolatli shaxslarga namunaviy talablar loyihasi to’g’risida;
– zaxiralarni baholash sohasida xalqaro ekspertlar tashkilotini tashkil etish bo’yicha konseptual takliflar to’g’risida;
– foydali qazilmalar zaxiralari bo’yicha mutaxassislar va vakolatli shaxslarni o’qitish dasturini ishlab chiqish to’g’risida;
– foydali qazilmalar zaxiralari bo ‘yicha ekspertlar va vakolatli shaxslarning yagona (xalqaro) reyestrini shakllantirish bo’yicha takliflar ishlab chiqish to’g’risida;
– foydali qazilmalarning milliy tasniflarini uyg’unlashtirish va foydali qazilmalar zaxiralari bo’yicha ekspertlarga va vakolatli shaxslarga hamda ekspertlarning etika kodeksiga qo’yiladigan yagona talablarni shakllantirish sohasida hukumatlararo Kengash tarkibiga kirmaydigan mamlakatlar bilan o’zaro hamkorlik masalalari ko’rib chiqildi va muhokama qilindi.