2023-yil 19-29 avgust kunlari Qozogʻistonning Olmaota shahrida ,,YASHIL MARKAZIY OSIYO ʼʼ dasturi bilan tasdiqlangan Mintaqaviy harakatlar rejasi doirasida Markaziy Osiyo mamlakatlari olimlarining oʻquv va qoʻshma ekspeditsiyasi tashkil etildi.
Unda H.M.Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika instituti Glyatsial Geologiya markazi ilmiy xodimlari faol ishtirok etishdi.
Institutimiz jamoasi Tyuksu muzligiga uyushtirilgan ekspeditsiya davomida yuqori aniqlikdagi DJPS, B3-4000 lazerli skaner va uchuvchisiz uchish apparati(БПЛА)larning ishlash jarayonlari va dasturlari bilan tanishishdi.
Tadbir yakunida tashkilotchilarning sertifikatlari bilan taqdirlangan ilmiy xodimlarimiz keyingi ekspeditsiyani Boʻstonliq tumani Pskom daryosi havzasida joylashgan BARQROQ muzligida oʻtkazishni taklif etishdi.
Olingan maʼlumotlar institutning xalqaro loyihalardagi ishtiroki va keyingi faoliyatiga oʻz hissasini qoʻshadi.