Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
GEOLOGIYA, PETROLOGIYA VA METALLOGENIYANING
FUNDAMENTAL VA AMALIY MUAMMOLARI
Akademik I.H. Hamraboyevning 105 yilligi va
akademik F.A. Usmonovning 90 yilligiga bag‘ishlanadi
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri
2025-yil 10-oktabr
BIRINCHI SIRKULYAR
HURMATLI HAMKASBLAR!
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi Geologiya fanlari universiteti “H.M. Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika instituti” DM tomonidan tashkil etilayotgan akademik I.H. Hamraboyevning 105 yilligi va akademik F.A. Usmonovning 90 yilligiga bag‘ishlangan “Geologiya, petrologiya va metallogeniyaning fundamental va amaliy muammolari” nomli xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda ishtirok etishga taklif etamiz.
Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman prezidiumi
Yusupov R.P. | Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri o‘rinbosari |
Ayupov Sh.A. | O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti |
Kadirxodjayev A.A. | Geologiya fanlari universiteti rektori |
Xursanov A.X. | “Olmaliq KMK” AJ boshqaruvi raisi |
Sanaqulov Q.S. | “Navoiy KMK” AJ boshqaruvi raisi, bosh direktor |
Abdullabekov Q.N. | O‘zbekiston FA akademigi |
Mirzayev A.U. | O‘zbekiston FA Navoiy bo‘limi raisi |
Qodirov O.Sh. | Geologiya fanlari universiteti prorektori |
Los V.L. | Qozog‘iston Mineral resurslari akademiyasi, Olmaota shahri, professor |
Mamajanov Y. | Tojikiston (Markaziy Osiyo ekologiya va atrof-muhit ilmiy markazi), professor |
Mustafin S.K. | RFA akademigi, Rossiya (Bashqirdiston davlat universiteti), professor |
Chernykh A.I. | Rossiya (“Polyus Gold” boshqaruv kompaniyasi), bosh direktor maslahatchisi |
Mac Can Tom | Germaniya (Bonn universiteti), professor |
Zhaochong Zhang | Xitoy (Xitoy geologik fanlar universiteti), professor |
Ping Shen | Xitoy (Xitoy FA Geologiya va geofizika instituti), professor |
Francisco Jose | Ispaniya (Granada universiteti), professor |
Martin Pinado | Ispaniya (Granada universiteti), professor |
Riccardo Petrini | Italiya (Piza Universiteti), professor |
ILMIY-AMALIY ANJUMAN MAVZULARI
I. Magmatizm va ma’dan hosil bo‘lishining evolyutsiyasi.
II. Mantiyaviy, mantiyaviy-qobiq va qobiq manbalar bilan bog‘liq ma’dan-magmatik tizimlarning petrogenetik modellari.
III. Matematik geologiya. Kritik mineral resurslar konlarining shakllanishi va joylashish qonuniyatlari.
IV. Tog’-konchilik hududlari geoekologiyasining innovatsion jihatlari.
Umumiy ma’lumot
Anjumanning rasmiy tillari – o‘zbek, rus va ingliz.
Ma’ruzalar taqdim etish shakli – og‘zaki va stendli.
Anjuman o‘tkazilish joyi – Geologiya fanlari universiteti, H.M. Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika instituti, Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Olimlar ko‘chasi, 64-uy.
Muhim sanalar – – tezislarni ro‘yxatdan o‘tkazish va qabul qilish muddati
2025-yil 15-sentabrgacha. Ikkinchi sirkulyar, anjuman dasturi va taklifnoma materiallar kelib tushishi bilan 2025-yil 1-oktabrgacha yuboriladi
Ro‘yxatdan o‘tish – ishtirokchilarni ro‘yxatga olish elektron shaklda quyidagi rasmiy veb-sayt orqali 2025-yil 20-sentabrgacha amalga oshiriladi https://ingeo.uz/ru/conference2025/
Anjuman tashkiliy qo‘mitasi manzili:
Toshkent sh., Mirzo Ulug‘bek tumani, Olimlar ko‘chasi 64-uy.
Geologiya fanlari universiteti, “H.M. Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika instituti” davlat muassasasi.
Elektron manzil: ingeouz2025@gmail.com
Barcha savollar bo’yicha
Karimova Feruza Baxtiyorovna bilan bog‘lanishingiz mumkin,
tel. +998 99 839 49 87, e-mail: karimova.ingeo@mail.ru
To‘liq ma‘lumotni www.ingeo.uz veb-sayti orqali olishingiz mumkin.
Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanga tayyorgarlik ko‘rish va
o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tarkibi
Tashkiliy qo‘mita raisi | |
Inatov N.K. | “GGI” DM direktori |
Tashkiliy qo‘mita raisining o‘rinbosari | |
Xalmatov R.A. | “GGI” DM, direktor o‘rinbosari. |
Tashkiliy qo‘mita a’zolari | |
Isoqov M.U. | “MRI” DM, direktori |
Bimurzaev G.A. | “GIDROINGEO instituti” DM direktori |
Karshiyev O.A. | “NGGI” DM direktori |
Axundjanov R. | “GGI” DM bosh ilmiy maslahatchi |
Sodiqova L.R. | “GGI” DM laboratoriya boshlig’i |
Nurtayev B.S. | “GGI” DM laboratoriya boshlig’i |
Xolikov A.B. | “GGI” DM laboratoriya boshlig’i |
Shukurov N.E. | “GGI” DM laboratoriya boshlig’i |
Petrov M.A. | “GGI” DM markaz boshlig’i |
Karimova F.B. | “GGI” DM laboratoriya boshlig‘i |
Saxobiddinov R.I. | “GGI” DM laboratoriya boshlig‘i |
Orolov A.K. | “GGI” DM laboratoriya boshlig‘i |
Xamrayev A.X. | “GGI” DM laboratoriya boshlig‘i |
Antonov A.E. | “GGI” DM bosh ilmiy xodim |
Sidorova I.P. | “GGI” DM bosh ilmiy xodim |
Karabayev M.S. | Geologiya fanlari universiteti professori |
Mamarozikov U.D. | Geologiya fanlari universiteti professori |
Ishbayev X.D. | Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti professori |
Umurzakov R.A. | I.A. Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti professori |
Kotibiyat | |
Akbarov F.N. | “GGI” DM, ilmiy kotib v.v.b. |
Kosbergenov K.M. | “GGI” DM, bo‘lim boshlig‘i |
Anjuman materiallarini nashr etish
4 sahifadan oshmasligi lozim (jadvallar, rasmlar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatini hisobga olgan holda), annotatsiya o‘zbek, rus va ingliz tillarida (200 so‘zdan oshmagan holda). Matn Microsoft Word formatida taqdim etiladi. Hoshiyalar har tomondan 2 sm bo‘lishi kerak. Shrift Times New Roman, 12 o‘lchamli, 1.0 qator oralig‘ida, so‘zlarni ko‘chirmasdan, sahifa kengligi bo‘yicha tekislangan holda bo‘lishi shart.
Tezis tuzilishi: sarlavha, mualliflarning familiyasi va ismi sharifining bosh harflari (ma’ruzachining familiyasi tagiga chizilgan), muassasa nomi, shahar, elektron pochta manzili, annotatsiya, (quyida rasmiylashtirish namunasiga qarang). Grafik materiallar alohida fayllar ko‘rinishida ilova qilinadi. Rastrli rasmlar JPEG va TIFF formatlarida, vektorli rasmlar esa .eps va .cdr (CorelDraw) formatlarida bo‘lishi kerak. Keyingi formatlar uchun matn egri chiziqlarga aylantirilgan bo‘lishi lozim. Rasm ostidagi yozuvlar tezislar matnining adabiyotlar ro‘yxatidan keyingi qismida keltiriladi. Jadval nomlari va rasm ostidagi yozuvlar ingliz tiliga tarjima qilingan holda berilishi shart.
Adabiyotlar ro‘yxati alifbo tartibida raqamlangan bo‘lishi kerak (avval o‘zbekcha, ruscha, keyin inglizcha nashrlar). Matn ichidagi adabiyotlarga havolalar kvadrat qavslar ichida raqamlar bilan ko‘rsatiladi. 6 tadan ortiq adabiyot manbalaridan foydalanishga ruxsat berilmaydi.
Elektron materiallar fayllarining nomi muallifning familiyasi bilan boshlanib, pastki chiziq orqali material turi ko‘rsatilishi lozim (masalan, Petrov_matn.doc, Petrov_rasm1.jpg va hokazo) muallifning familiyasi bilan boshlanib, pastki chiziq orqali material turi ko‘rsatilishi lozim.
Tashkiliy qo‘mita og‘zaki taqdimotlar va tezislarni tanlash huquqini o‘zida saqlab qoladi, nashr qilish talablariga javob bermaydigan tezislar qabul qilinmaydi.
Iltimos, materiallar dizayniga qo‘yiladigan talablarga qat’iy rioya qiling!
*Anjuman oflayn va onlayn rejimlarda o’tkaziladi. Roʻyxatdan oʻtgan ishtirokchilarga ZOOM ilovasi orqali ulanish uchun havola va kod taqdim etiladi.