Laboratoriya tarixi

V.I.Popov rahbarligi ostida litologiya laboratoriyasi 1938 yil tashkil etilgan. 1947 yilda neft va gaz geologiyasi va geokimyosi bo‘limi tashkil topdi; bo‘limga 1959 yilgacha boʻlgan davrda A.M.Gabrilyan, O.M.Akramxodjaevlar rahbarlik qilishdi; 1993 yilda ushbu  boʻlim qayta tashkil etildi. 1995 yilda neftgaz  geologiyasi  laboratoriyasi va Litologiya laboratoriyani qo‘shilishi natijasida Litologiya va neftgaz  geologiyasi laboratoriyasi tashkil qilindi.  Ushbu laboratoriyaga faoliyat yuritgan laboratoriya mudirlari  V.I.Popov (1938-1947),  A.M.Gabrilya (1947-1959) ,  O.M.Akramxodjaev (1993-1997) geol.-min.fanlari doktori S.T.Xusanov (1997-2006, min.fanlari doktori A.A.Koldaev (2006-2015) geol.- min.fanlari doktori A.D. Gonchar (2015-2022)  geol.- min.fanlari falsafa doktori (PhD) N.T. Soatov (2022-2023).

Laboratoriyaning asosiy strategik yo‘nalishi

Laboratoriyaning asosiy strategik yo‘nalishi choʻkindi tog’ jinslarini   tarkibi, tuzilishi,  ularni xosil bo’lish jarayonlari ham ularni joylashuv qonuniyatlarini o’rganadi hamda ularni bashorat qilish izlash geokimyoviy mezonlarini ishlab chiqish

Laboratoriyaning ilmiy asoslari

Laboratoriya xodimlari tomonidan ochilgan konlar: Lalmikor neft koni (A.M.Gabrilyan), Qamishboshi paligorskit gillari, Djeroy fosforit konlari (N.P.Petrov, N.Ibaydillayev, M.E.Egamberdiyev), Qulatay (I.V.Rubanov) va Aydarma ( T.K.Korjauv, N.Ibaydillayev) kvarsli qum konlari, Tyubegatan kaliy tuzlari (N.P.Petrov va boshkalar), Oqqala mirabilit (I,V Rubanov), Shakarliastan selestin (M.G.Gorbachev) konlari; danburit ma’danlashuvi (D.P.Ishniyazov, N.P.Petrov); mineral xom-ashyoning yangi turi bo‘lgan magnezitli konlarning sho‘rxokli tipi -Uzunquduq, Saylovquduq (T.K.Korjauv), mumiyo (Z.X.Xakimov); O‘rta Osiyo uchun ilk bora Angren birlamchi kaolinlari qatlami yuzasida molibdenli minerallashuv; dolomitlarda polimetall ma’danlarning yangi tipi (Ye.L. Abramovich); nurash qobig‘idagi seolitlar (A.A.Koldaev) va boshqalar

Cho‘kindi   jinslardan   xalq   xo‘jaligida   foydalanish   uchun: Karmana opokasimon gillaridan Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida; Shorsu malina gillari konidan Farg‘ona drenaj trubalar zavodida; Beshtepa bentonit gillari koni asosida Toshhovuz shahrida zavod qurish bo‘yicha; bentonit gillaridan yog‘-moy, vinochilik sanoatlarida, irrigatsiyada, qurilish sanoatida. burg‘ulash ishlarida, qishloq xo‘jaligida, tibbiyotda; Tyubegatan kaliyli tuzlari koni asosida kaliyli o‘g‘itlar ishlab chiqarish bo‘yicha; sement ishlab chiqarish sanoatida kuygan jinslarni o‘zlashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Orol muammosi bo‘yicha (P A.Chistyakov, I.V.Rubanov, D.P.Ishniyazov) Orolning qurish jarayoni  qay tarzda kechishini bashorat qilindi hamda Orol suv sathini pasayishining zararli oqibatlari bilan kurashish usullari ishlab chiqishgan.

Hozirgi kunda laboratoriyada olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar (GQI)

Janubiy O‘zbekistonning mintaqasida yuqori texnologik mikrokalsit maxsulotlarini ishlab chiqish uchun mos bo’lgan karbonat xomashyosi namoyonlarni aniqlash mavzusida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.