Laboratoriya tarixi

Laboratoriyada Institut tashkil etilgandan beri hozirgi kungacha fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar olib boriladi.

Laboratoriya mudirlari: O‘zFA muqbir a’zosi I.M.Isamuxamedov (1938-1957); akademik I.H.Hamroboyev (1958-2002 yy), g.-m.f.d. R.Axundjonov (2003-2020 yy), g.-m.f.f.d. (PhD) F.B.Karimova (2021 yildan). Uning asosiy yo‘nalishlari – magmatik va metamorfik tog‘ jinslarini tadqiq etish va ularning hosil bo‘lgan sharoitlarini aniqlash; Yer mantiyasi va litosferasining tuzilishida, tarkibining evolyutsiyasida magmatizmning ahamiyatini o‘rganish; endogen konlarni shakllanishining petrologik modellarini ishlab chiqish.

Petrologiya laboratoriyasi tomonidan olib borilayotgan tadqiqotning asosiy maqsadi va vazifalari

Respublika hududining magmatik, metamorfik va metasomatik assotsiatsiyalarini geodinamik asosda ajratish (petrogenetik tiplarni aniqlash). Cho‘kindi komplekslar bilan qoplangan rudali hududlarning magmatizmining ma’dandorligi. Ultramafik, mafik, gabbro-monsonit-siyenit va granitoid assotsiatsiyalarining formatsion analizi va metallogeniyasi

Magmatik, metamorfik va metasomatik formatsiyalari ma’dandorligi mezonlarini ishlab chiqish. Ko‘pgina ishlardan ma’lumki, ma’danlashuvning ayrim turlari uchun magmatik, metamorfik va metasomatik komplekslari hosildorligining geokimyoviy, mineralogik, petrokimyoviy va petrografik mezonlari mavjud, ammo ularning ko‘pchiligi hali aniqlanmagan.

Respublika hududida keng tarqalgan ultramafik-mafik magmatizm, granitoid va ular bilan bog‘liq minerallashuvlarni o‘rganish. Muammo ultramafik-mafik va granitoid magmalarning kelib chiqish sabablarini va ular bilan bog‘liq Fe, Ti, Mn, Cr, Cu, Au, Ag, platina guruhi metallari, noyob, noyob yer va boshqa metallar konlarini aniqlash va evolyutsiyasini modellashtirishga qaratilgan. Magmalarining paydo bo‘lishining turli mexanizmlari bilan ularning turlarining xilma-xilligi va metallogenik ixtisoslashuvi o‘rtasidagi bog‘liqlik xususiyati aniqlanmagan

O‘zbekistonning tog‘-kon hududidagi turli daykalarning petrologiyasini o‘rganish va ularning rudali foydali qazilmalari hosil bo‘lishida petrometallogenik rolini aniqlash. Shuningdek, magmatik markazlarining darajalarini, endogen minerallashuv manbalarini va ularning chuqur geodinamik hodisalar bilan bog‘likli modellarini ishlab chiqish

G‘arbiy Tiyon-Shonda kembriygacha bo‘lgan magmatizmni (yoshi, ruda tarkibi, genezisi) o‘rganish, paleozoygacha bo‘lgan magmatizm, metamorfizm va metasomatizmning materik qobig‘i, ruda hosil bo‘lishi va shakllanishidagi rolini aniqlash. Bu eng muhim petrologiya muammolaridan hisoblanadi

Markaziy Qizilqumning metamorfik formatsiyalarining petrologiyasi va asl metallar minerallashuvi genezisi. Markaziy Qizilqum mintaqasida metamorfizm va ma’danlashuv qonuniyatlarini aniqlash

Hozirgi kunda laboratoriyada olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar (GQI)

Oʻzbekistonning togʻ-ma'danli hududlari togʻ jinslari, minerallari va ma'danlarining etalon namunalar kolleksiyasini hamda ularning elektron bazasini yaratish (rahbar Djumaniyazov D.I.)

Bukantov togʻining shimoliy-gʻarbida joylashgan Bokali intruzivining endo, ekzo kontaktlari (rahbar Ileshov K.M.)

“Muruntau-Kosmanachi ma'danli tuguni geokimyoviy zonalligi hamda metall foydali qazilmalarga istiqbolli maydonlarni ajratish” (Karimova F.B.)

Laboratoriyada bir nechta xoʻjalik shartnomalar mavjud

Navoiy togʻ metallurgiya kombinati bilan tuzilgan “Yoʻl xaritasi”da koʻrsatilgan loyihalar:
``O‘zbekiston granitoidlarida noyob yer ma`danllashuvi bilan ishqoriy metasomatizmni o‘rganish (rahbar Djumaniyazov D.I.)``

«Oʻzbekgeologiya qidiruv espedisiyasi» AJ bilan tuzilgan loyihalar

Kauldi ma’dan maydonidagi Sadoviy uchastkasining 1 va 2 – ma’danlari va ma’dan qamrovchi jinslarining mineralogik-petrografik va geokimyoviy xususiyatlarini oʻrganish (Karimova F.B.)

Qanorsoy ma’dan namoyondasi va Qimmatsoy, Kumushsoy, Sharqiy Kumushsoy, Janubiy Besapan istiqbolli maydonlarida mavjud boʻlgan togʻ jinslarining mineralogik-geokimyoviy, petrografik xususiyatlarini batafsil oʻrganish (Djumaniyazov D.I.)

Qayragʻoch ma’danli maydoni Oqturpoq uchastkasidagi ma’dan tanalarining va ularni qamrovchi togʻ jinslarning mineralogik-petrografik xususiyatlarini oʻrganish (Ileshov K.M.)

Laboratoriyani ohirgi 10 yildagi monografiyalari

  1. Ахунджанов Р., Рафиков Я.М, Зенкова С.О., Каримова Ф.Б. Вулканические и плутонические ассоциации Узбекистана. Т.: ГП “ИМР”. 2019. – 270 с.
  2. Ахунджанов Р., Мамарозиков У.Д., Усманов А.И., Сайдиганиев С.С., Зенкова С.О., Каримова Ф.Б. Петрогенезис потенциально рудоносных интрузивов Узбекистана (на примере Чаткало-Кураминского и Нуратинского регионов). Т. Издательство «Фан» Академии наук Республики Узбекистан. 2014. – 352 с.
  3. Ишбаев Х.Д. Ксенолиты и гомеогенные включения в магматических образованиях (на примере Кызылкумо-Кураминского окраинно-континентального вулканического пояса). Т.: ГП “НИИМР”, 2016. – 176 с.
  4. Ишбаев Х.Д., Шукуров А.Х., Косбергенов К.М. Дайки и оруденение Койташского рудного поля (Южный Тянь-Шань). – Т.: «Navro’z», 2020. – 206 с.
  5. Каримова Ф.Б. Плутонические дайки золото-серебряных месторождений Алмалык-Ангренского района. Т.: «Lesson Press». 2020. – 113 с.
  6. Курбанов А., Далимов Р., Илешов К., Ишбаев Х. Атлас магматических горных пород. – Т.: “ФАН”. 2024. – 286 с.

Hozirgi kunda Petrologiya laboratoriyasi tarkibi 10 nafar xodimdan iborat boʻlib, ulardan 1 nafari professor, 2 nafari fan doktori, 2 nafari fan nomzodi, 2 ta doktorant, 2 ta muhandis-geolog. Magmatizm va ma’danlashuv muammosiga bagʻishlangan tadqiqotlar institut tashkil etilgan kunlardan boshlangan va hozirda ham uning asosiy ustivor yoʻnalishlaridan hisoblanadi.