Laboratoriya tarixi
Mineralogiya laboratoriyasi 1938 yilda tashkil etilgan. Birinchi rahbari – akademik A.S.Uklonskiy (1938-1972) O‘zbekiston va qo‘shni hududlar mineralogiyasi va geokimyosini o‘rganishga asosiy hissa qo‘shgan katta mineraloglar maktabini yaratdi. Keyinchalik laboratoriya M.I. Baskakov, M.I. Ismoilov, E.A. Dunin-Barkovskaya, M.S.Karabayevlar tomonidan boshqarildi.
Laboratoriya asoschisi A.S.Uklonskiy o‘z tadqiqotlarida kimyoviy elementlar paragenezisi, elementlarning tabiiy izomorf qatorlari, ularning yer qobig‘ida, minerallar va tog‘ jinslaridagi harakati; izotoplarning tabiiy suvlar geokimyosidagi ahamiyati haqidagi nazariyalarni rivojlantirgan. Uning oltingugurtni sanoatbop to‘plamlari bilan bitumlar orasidagi paragenetik bog‘liqlik to‘g‘risidagi nazariyasi Gazli hududida uglevodorodlar to‘plamini bashorat qilishga asos bo‘ldi va keyinchalik bu yerda yirik gaz koni ochildi.
Laboratoriyada ko‘plab foydali qazilma boylik konlarida, ma’danli maydonlarda, katta hududlarda va alohida genetik turdagi konlarda muntaeam rejali tadqiqotlar utkazildi. Xususan, qo‘rg‘oshin-rux (M.I.Moiseyeva), mis-porfir (S.T.Badalov, I.M.Golovanov), oltin (M.I. Moiseyeva, G.M.Chebotarev, S.K. Smirnova, M.S.Karabayev, E.M.Amirov va b.), vismut va flyuorit (E.A. Dunin-Barkovskaya), volfram (M.I.Ismoilov, O.A.Bobojonov, M.S.Karabayev, E.M.Amirov) ma’danlari. Epigenetik mineral hosil bo‘lish jarayoni va uning cho‘kindi tog‘-jinslari ichida ma’dan to‘plamlari hosil qilish (M.P. Baskakov, S.K. Smirnova) masalalari o‘rganildi.
Laboratoriya hodimlari

Orolov Azizbek Kaimjanovich
geologiya-mineralogiya fanlari falsafa doktori, laboratoriya boshlig‘i.

Karabayev Mamatxan Sadirovich
geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor, bosh ilmiy xodim.

Amirov Elmurod Mansuriddin o‘g‘li
geologiya-mineralogiya fanlari falsafa doktori, katta ilmiy xodim.

Yusupov Abdisalim Bobomurod o‘g‘li
tajriba-orttiruvchi kichik ilmiy xodim

Baxtiyorov Oybek Egamberdi o‘g‘li
tajriba-orttiruvchi kichik ilmiy xodim.

Sadirov Rustam Mamatxon o‘g‘li
tajriba-orttiruvchi kichik ilmiy xodim

Begjanov Diyorbek Ilhomjon o‘g‘li
muhandis-geolog.

Qudratov Ramazon Suyarqul o‘g‘li
muhandis-geolog.