📢 Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi — maqolalar tanloviga taqdim etilgan ishlar!

H.M. Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika institutida “Aksilkorrupsiya oyligi” doirasida o‘tkazilgan “Eng yaxshi maqola” yo‘nalishidagi tanlovga xodimlar va yosh tadqiqotchilar tomonidan qator mazmunli maqolalar taqdim etildi.

📝 Tanlovga topshirilgan maqolalarda:
— korrupsiyaga qarshi kurashishning dolzarb masalalari;
— halollik tamoyillari va mas’uliyat madaniyati;
— davlat boshqaruvida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash;
— jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirish masalalari yoritildi.

Glyatsial geologiya markazi

Kosbergenov K.M. Yo’ldoshev Z.D.

Saitov Nuriddin Erkin o‘g‘li

🎯 “Aksilkorrupsiyaga oyligi” doirasida tanlov tadbirlari o‘tkazildi

9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni hamda noyabr–dekabr oylarida o‘tkazilayotgan “Aksilkorrupsiyaga oyligi” doirasida H.M. Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika institutida qator tanlov tadbirlari tashkil etildi.

O‘tkazilgan tadbirlarda bir qator nominatsiyalarda ilg‘or xodimlar e’tirof etildi. Jumladan:

“Zakovat” intellektual bellashuvi – Mintaqaviy geofizika laboratoriyasi;

“Eng yaxshi devoriy gazeta” –

Glyatsial geologiya markazi;

“Eng yaxshi maqola” – Atabayeva Feruza Ravshanovna;

“Eng yaxshi she’r” Saitov Nuriddin Erkin o‘g‘li.

🖋 Tadbirning maqsadi – korrupsiyaga nisbatan murosasizlik muhitini shakllantirish, xodimlarda halollik va mas’uliyat tuyg‘usini kuchaytirish, shuningdek institut jamoasida ochiqlik va qonun ustuvorligiga asoslangan boshqaruv madaniyatini mustahkamlashdir.

O‘zbekiston olimlari xalqaro ilmiy maydonlarda

H.M. Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika instituti olimlari geologiya fanining dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha xalqaro ilmiy tadbirlarda faol ishtirok etmoqda.

Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida joylashgan «A.P. Karpinskiy nomidagi Butunrossiya ilmiy-tadqiqot geologiya instituti (ВСЕГЕИ)»da o‘tkazilgan “Палеозой России: проблемы региональной стратиграфии и межрегиональной корреляции” nomli Butunrossiya ilmiy kengashida institutning Petrologiya laboratoriyasi boshlig‘i F.B. Karimova va ilmiy xodimi D.I. Jumaniyozov ishtirok etdilar.

Tadbir doirasida Karpinskiy instituti rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazilib, ikki muassasa o‘rtasida ilmiy-tadqiqot ishlari, xalqaro grantlar, yangi metodikalar va ilmiy seminarlar bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Shu bilan birga, 2025-yil 6–9-noyabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Taizhou shahrida bo‘lib o‘tgan “The 3rd International Conference on Advanced Coating and Thin Film Technology – ACTF 2025” xalqaro ilmiy anjumanida institut ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Xalmatov Rustam Abduxatovich “Some Aspects of Changes in the Microstructure of Steels Depending on the Content of Rare Earth Metals” mavzusida ma’ruza bilan chiqish qildi.

🔬 Mazkur ilmiy chiqishlarda O‘zbekiston geologiya fanining xalqaro miqyosdagi ilmiy salohiyatini yuksaltirish, ilg‘or tajribalarni o‘zlashtirish va yangi texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Yangi texnologiyalar — aniq ilmiy natijalarning asosi!

H.M. Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika instituti Glyatsial geologiya markazi tomonidan GEF–UNDP–YUNESKOning “Muzliklarni baholashda mintaqaviy hamkorlikni ta’minlash orqali Markaziy Osiyo davlatlarining barqarorligini mustahkamlash” loyihasi doirasida zamonaviy SOUTH Galaxy G7 GNSS apparati qabul qilib olindi.

📡 Ushbu yuqori aniqlikdagi qurilma muzliklar va tog‘-geodinamik jarayonlarni monitoring qilish, relyef va geofizik o‘lchovlarni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

 

🔬 Yangi texnologiyalarni joriy etish orqali institut mutaxassislari ilmiy tadqiqotlarning aniqligi va samaradorligini oshirish, shuningdek, xalqaro standartlarga mos natijalarga erishishni maqsad qilgan.

🤝 GEF–UNDP–YUNESKO bilan hamkorlik doirasidagi bunday tashabbuslar Markaziy Osiyo mintaqasida iqlim o‘zgarishlarini o‘rganish va barqaror rivojlanishni ta’minlash yo‘lida muhim qadamdir.

🤝 Xitoy Uran Korporatsiyasi vakillari bilan uchrashuv

H.M. Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika institutida Xitoy Uran Korporatsiyasi Geologiya va texnologiya kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda tomonlar geologik izlanishlar, foydali qazilmalarni o‘rganish va qayta ishlash texnologiyalarida hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.

🔹 Shuningdek, qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalari, tajriba almashish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish hamda mutaxassislar malakasini oshirish yo‘nalishlarida hamkorlik istiqbollari belgilab olindi.

Bunday uchrashuvlar xalqaro ilmiy hamkorlikni yanada mustahkamlash va yangi geologik tashabbuslarni amalga oshirish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.