H.M. Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika institutida “Navoiyuran” davlat korxonasi bosh maslahatchisi, Fransiyalik taniqli geolog olim, professor Gerard Fries tomonidan “Modern geological and geophysical methods for the identification of new sandstone-type uranium deposits in the Republic of Uzbekistan” mavzusida ilmiy seminar tashkil etildi.
🔬 Tadbirda institut ilmiy xodimlari, yosh tadqiqotchilar hamda geologiya yo‘nalishidagi talabalar ishtirok etdilar va seminar yakunida savol-javob shaklida jonli muloqot bo‘ldi.
🇺🇿🇫🇷 Ushbu seminar O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi ilmiy-geologik hamkorlikda zamonaviy bilim almashinuvi yo‘lida yana bir muhim qadamlardan biri bo‘ldi.