Geologiya va geofizika institutida GTK vakillari bilan uchrashuv

2025-yil 3–7 mart kunlari Finlyandiya Geologiya xizmati (GTK) vakillari O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida mehmonlar H.M. Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika instituti rahbariyati va yetakchi mutaxassislari bilan uchrashib, ilmiy hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.

Muzokaralar davomida geologik tadqiqotlar sohasida hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va zamonaviy texnologiyalarni tadqiqot jarayonlariga joriy etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, institut laboratoriyalarida olib borilayotgan ilmiy ishlar, foydali qazilmalar tarkibini aniqlash hamda geologik modellashtirish bo‘yicha ilg‘or tadqiqot yo‘nalishlari haqida taqdimotlar o‘tkazildi.

Mustaqil tadqiqotchilikka suhbat

H.M.Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika instituti Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutiga 2025-yil II chorak qabuli uchun mustaqil izlanuvchilikka suhbat bo’lib o’tdi.

Unda: Xitoy xalq respublikasi fuqarosi Zhao Shengli 04.00.02 – Qattiq foydali qazilmalarining geologiyasi. Metallogeniya va geokimyo ixtisosligiga mustaqil izlanuvchilik uchun suhbatdan o’tdi

Malakaviy imtihon

H.M. Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika institutida ixtisoslik fanidan imtihon bo‘lib o‘tdi

H.M. Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika institutida tadqiqotchi-doktorantlar uchun 04.00.03 «Geotektonika va geodinamika. Petrologiya va litologiya» ixtisoslik fanidan imtihon bo‘lib o‘tdi. Ushbu imtihon tadqiqotchilarning ilmiy tayyorgarlik darajasini baholash hamda ularning tanlangan yo‘nalish bo‘yicha fundamental bilim va ko‘nikmalarini aniqlashga qaratildi.