H.M. Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika institutida joriy hafta davomida xalqaro miqyosdagi geolog-olimlar ishtirokida bir qator ilmiy seminar va treninglar tashkil etildi.
🔹 Pisa universiteti (Italiya) professori Luca Pandolfini tomonidan
“The record of frontal tectonic erosion in a fossil accretionary wedge: evidences from the Paleocene deposits of the Internal Ligurian Unit, Northern Apennine, Italy” mavzusida o‘tkazilgan ma’ruzada Paleotsen davriga oid yotqiziqlar, tektonik eroziya va akkretatsion komplekslar yuzasidan zamonaviy ilmiy tahlillar taqdim etildi.
🔹 Koreyalik professor Dr. Kim Sahng-Yup tomonidan esa
“Geologiya va konchilikning dolzarb muammolari” mavzusida trening-seminar o‘tkazilib, qidiruv ishlari, konlarni ekspluatatsiya qilish, zamonaviy texnologiyalar va ekologik xavfsizlik masalalari yuzasidan xalqaro tajriba almashildi.
📚 Har ikkala tadbir doirasida institut ilmiy xodimlari, yosh tadqiqotchilar va geologiya yo‘nalishidagi talabalarga geologiyaning turli yo‘nalishlarida dolzarb masalalar va global yondashuvlar haqida keng qamrovli ma’lumotlar berildi.
🌍 Ushbu seminarlar ilmiy salohiyatni oshirish, xalqaro tajribani o‘rganish va geologiya fanida global hamkorlikni kengaytirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.