H.M. Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika institutida Italiyaning Piza universiteti professori Matteo Masotta ishtirokida “Experimental Petrology and Geochemistry at DST-UniPi” mavzusidagi ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminar davomida professor Masotta eksperimental petrologiya va geokimyo sohasidagi zamonaviy tadqiqotlar, laboratoriya sharoitida o‘tkaziladigan tajribalar hamda ularning geologik jarayonlarni tushunishdagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berdi. Ishtirokchilar magmatik jarayonlar, minerallarning shakllanish sharoitlari va ularni geokimyoviy tahlil qilish metodlari bo‘yicha qimmatli bilim va tajribaga ega bo‘ldilar.
Tadbir ilmiy izlanishlar samaradorligini oshirish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qildi.