H.M. Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika institutida Xitoy Xalq Respublikasi Fanlar akademiyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tashrif doirasida fundamental geologiya yo‘nalishida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish istiqbollari muhokama qilindi. Tomonlar ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarida tajriba almashish, qo‘shma loyihalar va akademik almashinuvlarni yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.

Nomsiz dizayn – 1
Nomsiz dizayn – 1

Uchrashuvda tomonlar fundamental geologiya yo‘nalishida hamkorlikni mustahkamlash, qo‘shma tadqiqotlar olib borish va tajriba almashish masalalarini muhokama qildilar. Kelgusida akademik almashinuvlar va ilmiy loyihalarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Mazkur tashrif xalqaro ilmiy aloqalarni rivojlantirish va institut ilmiy salohiyatini yanada oshirish yo‘lida muhim qadamdir.

Ilm uchun ochiq muloqot – barqaror taraqqiyot kafolati!