H.M. Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika instituti Petrologiya laboratoriyasi ilmiy xodimlari tomonidan “Ma’dan va noma’dan foydali qazilma konlarining istiqbolli hududlarini bashorat qilishning fundamental asoslari” loyihasi doirasida dala tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
📌 Loyihaning asosiy maqsadi:
– Kosmanachi, Besapantov, Muruntov, Myutenbay va Chuqurquduq konlari doirasida ixtisoslashgan geokimyoviy tadqiqotlarni o‘tkazish;
– Ma’danli maydonlar tugunida geokimyoviy holatning lateral (gorizontal) va vertikal tarqalish qonuniyatlarini aniqlash;
– Ma’danlar va ularni qamrab olgan tog‘ jinslarining mineralogik-petrografik xususiyatlarini o‘rganish.