30 sentyabr kuni Geologiya fanlari universitetida 1-oktyabr – Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni universitet rektori Maqsud Isoqov ochib, universitet hamda ilmiy tadqiqot institutlarida faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlarni Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi, universitet ma’muriyati nomidan samimiy muborakbod etdi.
Bayram munosabati bilan bir guruh fidoyi professor-o‘qituvchilar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
Jumladan:
H.M.Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika instituti direktori Xolikov Azimjon Babamuratovich FAXRIY YORLIQ;
GFU professor o’qituvchilari, institut ilmiy xodimlari Mamarozikov Usmonjon Davronovich hamda Abduazimxodjayev Aziz Nodir o’g’li Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi TASHAKKURNOMA bilan
taqdirlandi.

Barcha ustozlarimizni 1-Oktyabr – Ustoz va murabbiylar kuni bilan mubarakbod etamiz!!!