Konferensiya 2024

Hurmatli hamkasblar va izlanish yo‘lidagi yoshlar!

Sizni 2024-yil 7-8 noyabr kunlari Tog‘-kon sanoati va Geologiya vazirligi, Geologiya fanlari universiteti, “H.M. Abdullayev nomidagi geologiya va geofizika instituti” DM tomonidan tashkil etilayotgan “O‘zbekiston Respublikasining barqaror rivojlanishida geologik muammolarning fundamental, amaliy va innovatsion yеchimlari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumanda ishtirok etishga taklif etamiz(Toshkent shahri).

Tog’-kon va geologiya sohasi xodimlari malakasini oshirish instituti DM da Notiqlik kursi malaka oshirish kurslari bo‘lib o‘tmoqda.
Kurslarda: H.M.Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika instituti xodimlari ishtirok etib, notiqlik bo’yicha malakasini oshirishmoqda.

“Markaziy Osiyoning barqarorligini mustahkamlashda kriosfera qatlamlarini baholash uchun mintaqaviy hamkorlikni ta’minlash orqali mamlakatlar tizimlari va barqaror rivojlanishining integratsiyalashgan usullarini ishlab chiqish va iqlim o‘zgarishiga moslashish”

8-9 oktyabr kunlari Turkmanistonning Ashxobod shahrida YUNESKOning Olmaotadagi vakolatxonasi tomonidan YUNESKO/GEF/BMTD loyihasi doirasida “Markaziy Osiyoning barqarorligini mustahkamlashda kriosfera qatlamlarini baholash uchun mintaqaviy hamkorlikni ta’minlash orqali mamlakatlar tizimlari va barqaror rivojlanishining integratsiyalashgan usullarini ishlab chiqish va iqlim o‘zgarishiga moslashish” mavzusida seminar bo’lib o’tmoqda.
Unda: H.M.Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika instituti Glyatsial geologiya markazi ilmiy hodimi Mamirov Xalimjon Alimovich «Kriosferaning O’zbekiston ekotizimiga, iqtisodiyotiga va rivojlanishiga ta’siri» mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etmoqda.

Seminarning maqsadi: Markaziy Osiyodagi iqlim o‘zgarishi hamda suv resurslari bilan bog‘liq muammolarni muhokama qilish, milliy manfaatlarni hisobga olgan holda ushbu muammolarni hal qilishga qaratilgan.