H.M. Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika institutida “Korrupsiya – jamiyat taraqqiyotiga to‘siq” mavzusida targ‘ibot-tushuntirish seminar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Ilmiy yondashuv – ekologik barqarorlik sari
H.M. Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika instituti ilmiy xodimlari Eco Expo Central Asia 2025 xalqaro ko‘rgazmasida o‘z ko‘rgazmali materiallari bilan ishtirok etmoqda.
Oqsoqota dala lagerida talabalar bilan uchrashuv
H.M. Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika instituti direktori N.K. Inatov Geologiya fanlari universitetining Oqsoqota dala lagerida dala o‘quv amaliyotini o‘tayotgan talaba-yoshlar bilan uchrashdi.
Muzliklar – global ekologik muvozanat kaliti
2025-yil 29–31-may kunlari Tojikiston Respublikasining Dushanbe shahrida o‘tkazilayotgan Muzliklarni saqlash bo‘yicha yuqori darajadagi xalqaro konferensiyada H.M. Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika instituti Glyatsial geologiya markazi xodimlari ishtirok etmoqda.
Geologik xaritalashda muhim bosqich – petrografik yondashuv
H.M. Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika institutida O‘zbekiston petrografik kengashi tomonidan 1:200 000 masshtabdagi yangilangan geologik xaritaning tayanch ishchi legendasi asosida magmatik komplekslarga oid tasnif va ularning tavsifi bo‘yicha muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Muhokamada petrografik birliklar nomenklaturasi, ularning xaritaga kiritilish mezonlari hamda ilmiy-amaliy asoslari atroflicha ko‘rib chiqildi. Bu bosqich respublika miqyosidagi geologik xaritalash ishlarining metodik aniqligi va zamonaviylik darajasini oshirishga xizmat qiladi.
📍 Kartografiyada aniq yondashuv – geologik bilimlar uchun mustahkam poydevor.