Geologiya fanlari universiteti talabalari bilan ochiq suhbat tashkil etildi. Uchrashuvda institut direktor o‘rinbosari, kadrlar bo‘limi boshlig‘i hamda laboratoriya boshliqlari ishtirok etdi.

Geologiya fanlari universiteti talabalari bilan ochiq suhbat tashkil etildi. Uchrashuvda institut direktor o‘rinbosari, kadrlar bo‘limi boshlig‘i hamda laboratoriya boshliqlari ishtirok etdi.

Geologiya fanlari universiteti “Geologiya va geofizika instituti” DM Ma’dan hosil bo’lish jarayonlari laboratoriyasi ilmiy xodimlari tomonidan Janubiy O‘zbekiston hududidagi Qizilmachit, Qorason, Xo‘jabarku-Malyangur paleovulqonlarini oʻrganish ishlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston–2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmonini bajarish maqsadida navbatdagi yig‘ilish tashkil etildi.
H.M. Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika institutining Glyatsial geologiya markazi ilmiy xodimlari Markaziy Osiyoda muzliklarni monitoring va modellashtirish bo‘yicha mintaqaviy ishchi guruh yig‘ilishda ishtirok etdilar.
2025-yil 3–7 mart kunlari Finlyandiya Geologiya xizmati (GTK) vakillari O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida mehmonlar H.M. Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika instituti rahbariyati va yetakchi mutaxassislari bilan uchrashib, ilmiy hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.
Muzokaralar davomida geologik tadqiqotlar sohasida hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va zamonaviy texnologiyalarni tadqiqot jarayonlariga joriy etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, institut laboratoriyalarida olib borilayotgan ilmiy ishlar, foydali qazilmalar tarkibini aniqlash hamda geologik modellashtirish bo‘yicha ilg‘or tadqiqot yo‘nalishlari haqida taqdimotlar o‘tkazildi.