Konferensiya 2024

Hurmatli hamkasblar va izlanish yo‘lidagi yoshlar!

Sizni 2024-yil 7-8 noyabr kunlari Tog‘-kon sanoati va Geologiya vazirligi, Geologiya fanlari universiteti, “H.M. Abdullayev nomidagi geologiya va geofizika instituti” DM tomonidan tashkil etilayotgan “O‘zbekiston Respublikasining barqaror rivojlanishida geologik muammolarning fundamental, amaliy va innovatsion yеchimlari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumanda ishtirok etishga taklif etamiz(Toshkent shahri).

“Markaziy Osiyoning barqarorligini mustahkamlashda kriosfera qatlamlarini baholash uchun mintaqaviy hamkorlikni ta’minlash orqali mamlakatlar tizimlari va barqaror rivojlanishining integratsiyalashgan usullarini ishlab chiqish va iqlim o‘zgarishiga moslashish”

8-9 oktyabr kunlari Turkmanistonning Ashxobod shahrida YUNESKOning Olmaotadagi vakolatxonasi tomonidan YUNESKO/GEF/BMTD loyihasi doirasida “Markaziy Osiyoning barqarorligini mustahkamlashda kriosfera qatlamlarini baholash uchun mintaqaviy hamkorlikni ta’minlash orqali mamlakatlar tizimlari va barqaror rivojlanishining integratsiyalashgan usullarini ishlab chiqish va iqlim o‘zgarishiga moslashish” mavzusida seminar bo’lib o’tmoqda.
Unda: H.M.Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika instituti Glyatsial geologiya markazi ilmiy hodimi Mamirov Xalimjon Alimovich «Kriosferaning O’zbekiston ekotizimiga, iqtisodiyotiga va rivojlanishiga ta’siri» mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etmoqda.

Seminarning maqsadi: Markaziy Osiyodagi iqlim o‘zgarishi hamda suv resurslari bilan bog‘liq muammolarni muhokama qilish, milliy manfaatlarni hisobga olgan holda ushbu muammolarni hal qilishga qaratilgan.

3-4 oktyabr kunlari Mongoliyaning Ulan-Bator shahrida «Energetika o‘tishi uchun muhim xom ashyolarni barqaror ishlab chiqarish amaliyotlarini rivojlantirish: qidiruv ishlaridan to ishlab chiqarish, yopish va rekultivatsiyagacha» mavzusida xalqaro seminar bo’lib o’tdi.

Unda: H.M.Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika instituti direktori Xoliqov Azimjon Babamuratovich «O‘zbekiston Respublikasining strategik mineral xomashyosi: manbalar va bozorlarni diversifikatsiyalash» mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.
BMTning Osiyo va Tinch okeani uchun Iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESKATO) hamda BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi (BMT) tomonidan birgalikda boshqarilayotgan ushbu tashabbus, a’zo davlatlarga, jumladan Mo‘g‘ulistonga, muhim xomashyo ishlab chiqarish uchun barqaror amaliyotlarni yaratishda ko‘maklashishga qaratilgan.
Shuningdek, seminar qatnashchilari «Tog‘-kon sanoati haftaligi» ko‘rgazmasiga tashrif buyurishdi.