“Vulkanogen-bo‘lakli jinslarini diagnostika qilish” mavzusidagi uslubiy qo‘llanma nashr etildi.

H.M. Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika instituti Ma’dan hosil bo‘lish jarayonlari laboratoriyasi ilmiy xodimlari tomonidan “Vulkanogen-bo‘lakli jinslarini diagnostika qilish” mavzusidagi uslubiy qo‘llanma nashr etildi.

Mazkur qo‘llanmada vulkanogen-bo‘lakli jinslarning fatsiyaviy tuzilishi, ularni aniqlash va tasniflash mezonlari, shuningdek vulkanik jarayonlarning genetik va strukturaviy xususiyatlari ilmiy tizim asosida yoritilgan. Qo‘llanma geologik tadqiqotlar olib borishda amaliy qo‘llanma sifatida xizmat qilishi bilan birga, mutaxassislar, yosh tadqiqotchilar va talabalar uchun muhim metodik manba hisoblanadi.

🔬 Ushbu nashr vulkanogen jinslarni o‘rganish, ularning hosil bo‘lish sharoitlarini aniqlash hamda geologik-qidiruv ishlarining samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy ishlanmalarning navbatdagi natijasidir.

Vulkanogen bo’lakli jinslarni diagnostika qilish

 

 

Faollik, sport va bayram kayfiyati

Yaqinlashib kelayotgan 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Geologiya fanlari universiteti tizimosti tashkilotlari xotin-qizlari o‘rtasida sport musobaqalari tashkil etilmoqda.

Mazkur musobaqalarda H.M. Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika instituti jamoasi ham faol va munosib ishtirok etmoqda. Tadbir xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, jismoniy faollikni oshirish, jamoaviy ruhni mustahkamlash hamda jamiyatda ayollarning o‘rni va faolligini yanada kuchaytirishga qaratilgan.

🏆 Bunday tashabbuslar nafaqat sportni rivojlantirish, balki xotin-qizlarning ijtimoiy hayotdagi faolligini qo‘llab-quvvatlash va sog‘lom muhitni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.