H.M. Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika instituti olimlari geologiya fanining dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha xalqaro ilmiy tadbirlarda faol ishtirok etmoqda.
Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida joylashgan «A.P. Karpinskiy nomidagi Butunrossiya ilmiy-tadqiqot geologiya instituti (ВСЕГЕИ)»da o‘tkazilgan “Палеозой России: проблемы региональной стратиграфии и межрегиональной корреляции” nomli Butunrossiya ilmiy kengashida institutning Petrologiya laboratoriyasi boshlig‘i F.B. Karimova va ilmiy xodimi D.I. Jumaniyozov ishtirok etdilar.


Tadbir doirasida Karpinskiy instituti rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazilib, ikki muassasa o‘rtasida ilmiy-tadqiqot ishlari, xalqaro grantlar, yangi metodikalar va ilmiy seminarlar bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Shu bilan birga, 2025-yil 6–9-noyabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Taizhou shahrida bo‘lib o‘tgan “The 3rd International Conference on Advanced Coating and Thin Film Technology – ACTF 2025” xalqaro ilmiy anjumanida institut ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Xalmatov Rustam Abduxatovich “Some Aspects of Changes in the Microstructure of Steels Depending on the Content of Rare Earth Metals” mavzusida ma’ruza bilan chiqish qildi.

🔬 Mazkur ilmiy chiqishlarda O‘zbekiston geologiya fanining xalqaro miqyosdagi ilmiy salohiyatini yuksaltirish, ilg‘or tajribalarni o‘zlashtirish va yangi texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
