H.M. Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika instituti direktori N.K. Inatov hamda ilmiy kotib F.N. Akbarov Qozog‘iston Respublikasi Ostona shahrida 2025-yil 25–26-sentabr kunlari bo‘lib o‘tgan MDH davlatlarining “Yer qa’rini qidirish, foydalanish va muhofaza qilish” bo‘yicha Hukumatlararo kengashining XXVIII sessiyasida ishtirok etishdi.
🔹 Sessiyada O‘zbekiston delegatsiyasi tomonidan mamlakatimiz geologiya sohasida joriy etilayotgan zamonaviy innovatsion texnologiyalar, ilg‘or uslublar va erishilayotgan ilmiy-amaliy natijalar bo‘yicha ma’ruzalar qilindi.
🤝 Shuningdek, kengash doirasida hamkor davlatlar bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, tajriba almashish va hamkorlikni mustahkamlash masalalari yuzasidan muzokaralar olib borildi.
Ushbu ishtirok institutimiz uchun xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, yangi ilmiy loyihalar va qo‘shma izlanishlarga yo‘l ochib beradi.