H.M. Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika instituti tomonidan akademik I.H.Hamraboyevning 105 yilligi va akademik F.A. Usmonovning 90 yilligiga bag‘ishlanib o‘tkazilayotgan “Geologiya, petrologiya va metallogeniyaning fundamental va amaliy muammolari” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjuman doirasida 35 yoshgacha bo‘lgan ishtirokchilar uchun quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha tanlov e’lon qilinadi:

🏆 Eng yaxshi tezis

🎤 Eng yaxshi ma’ruza

🖼 Eng yaxshi poster taqdimoti

🌟 Eng faol ishtirokchi ayol

📌 Tanlovning maqsadi — geologiya sohasidagi yosh tadqiqotchilarning ilmiy faolligini oshirish, innovatsion g‘oyalarni ilgari surish va iqtidorli yoshlarni munosib rag‘batlantirishdir.

G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

➡️➡️➡️ Anjuman haqida batafsil: https://t.me/GGI_rasmiy/3908

📚 Ilm-fan sari dadil qadam tashlang va o‘z salohiyatingizni namoyon eting!