E’LON: Yosh olimlar o‘rtasida tanlov!

H.M. Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika instituti tomonidan akademik I.H.Hamraboyevning 105 yilligi va akademik F.A. Usmonovning 90 yilligiga bag‘ishlanib o‘tkazilayotgan “Geologiya, petrologiya va metallogeniyaning fundamental va amaliy muammolari” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjuman doirasida 35 yoshgacha bo‘lgan ishtirokchilar uchun quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha tanlov e’lon qilinadi:

🏆 Eng yaxshi tezis

🎤 Eng yaxshi ma’ruza

🖼 Eng yaxshi poster taqdimoti

🌟 Eng faol ishtirokchi ayol

📌 Tanlovning maqsadi — geologiya sohasidagi yosh tadqiqotchilarning ilmiy faolligini oshirish, innovatsion g‘oyalarni ilgari surish va iqtidorli yoshlarni munosib rag‘batlantirishdir.

G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

➡️➡️➡️ Anjuman haqida batafsil: https://t.me/GGI_rasmiy/3908

📚 Ilm-fan sari dadil qadam tashlang va o‘z salohiyatingizni namoyon eting!

«Yashil iqtisodiyot» yo‘lida yangi qadam!

📰 2025-yil 5-avgust kuni “Yangi O‘zbekiston” (https://t.me/yuz_official) gazetasining 158 (1484)-sonining, Yashil iqtisodiyot ruknida H.M. Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika instituti Litosfera tuzilishi laboratoriyasi boshligʻi Rasuljon Sahobiddinov va laboratoriyaning bosh ilmiy xodimi Irina Sidorova muallifligidagi “Geotermal energiya – Yerning issiqligidan elektr toki olishning yangi yoʻnalishi” sarlavhali maqola chop etildi.

🌍 Maqolada geotermal energiyaning zamonaviy ahamiyati, qayta tiklanuvchi manba sifatida istiqbollari, yurtimizda bu borada olib borilayotgan tadqiqotlar va H.M. Abdullayev nomidagi institutning ushbu yo‘nalishda ilmiy izlanishlari yoritib berilgan.

♻️ Geotermal energiya – barqaror kelajak sari muhim qadam!

📌 Batafsil maqola bilan “Yangi O‘zbekiston” gazetasining ushbu sonida tanishing: https://t.me/yuz_official/62271