H.M. Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika instituti jamooasi barcha ilm ahli, yosh tadqiqotchilar va soha mutaxassislarini “Geologiya, petrologiya va metallogeniyaning fundamental va amaliy muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etishga chorlaydi.
Mazkur konferensiya akademik I.H.Hamraboyevning 105 yilligi va akademik F.A. Usmonovning 90 yilligiga bag‘ishlanib, ularning geologiya fanidagi boy ilmiy merosini yangi izlanishlar bilan davom ettirishga xizmat qiladi.
Bu ilmiy uchrashuv yangi g‘oyalar, tadqiqot yo‘nalishlari va xalqaro hamkorlik uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi.
Ilmga e’tibor – barqaror taraqqiyot yo‘lida qo‘yilgan ishonchli qadamdir!