H.M. Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika instituti ilmiy xodimlari Eco Expo Central Asia 2025 xalqaro ko‘rgazmasida o‘z ko‘rgazmali materiallari bilan ishtirok etmoqda.
Mazkur ko‘rgazma ekologiya, yer osti boyliklari, suv resurslari, iqlim o‘zgarishi va barqaror rivojlanish sohalaridagi ilmiy va innovatsion ishlanmalarni ommalashtirishga qaratilgan.
Institut mutaxassislari geologik muhit monitoringi, muzliklarni o‘rganish, geoxavfsizlik va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish yo‘nalishlarida olib borilayotgan ilmiy ishlanmalar bilan ishtirokchilarni tanishtirmoqda.
🌍 Ilmiy tadqiqotlar – ekologik xavfsiz kelajak poydevori!