H.M. Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika instituti Glyatsial geologiya markazi ilmiy xodimlari tomonidan Bodoqsoy havzasida dala tadqiqotlari olib borildi.
Ishlar doirasida:
– ko‘lning batimetrik syomkasi amalga oshirildi;
– suv sathining uzluksiz monitoringini ta’minlash maqsadida logger qurilmasi o‘rnatildi;
– soyda gidrometrik o‘lchov ishlari bajarildi.
🔬 Ushbu tadqiqotlar tog’ daryolari havzalarining oqim dinamikasini o‘rganish, gidrologik rejimini tahlil qilish hamda iqlim o‘zgarishlari fonida suv resurslarining holatini ilmiy asosda baholashga xizmat qiladi.