2025-yil 26–27 aprel kunlari Geologiya fanlari universiteti tashabbusi bilan GEOLOG oromgohida “Geologiya sohasi xodimlari turizmi” loyihasi doirasida sport va intellektual o‘yinlar tashkil etildi.

Ushbu tadbirda H.M. Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika instituti jamoasi ham munosib ishtirok etdi va quyidagi natijalarga erishdi:
🏆 “Dala chodirini yig‘ish” musobaqasida — 1-o‘rin
⚽️ Futbol musobaqasida — 2-o‘rin
🧠 Zakovat intellektual o‘yinlarida — 3-o‘rin
📌 Tadbir geologiya sohasi xodimlari o‘rtasida:
– sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish,
– jamoaviylik va birdamlikni kuchaytirish,
– bilim va tafakkur salohiyatini namoyon qilish imkoniyatini berdi.
🎖 Barcha g‘oliblar va faol ishtirokchilar esdalik sovg‘alari va faxriy diplomlar bilan taqdirlandi.