xxxxxxx

XORAZM ga sayohat!
10-12 noyabr kunlari H.M.Abdullayеv nomidagi Gеologiya va gеofizika institutida mеhnat qilib kеlayotgan xodimlarni qadimiy tarixiy-maʼdaniy obidalarga boy Xorazm shahrining diqqatga sazovor joylari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida sayohat uyushtirildi.
Kasaba uyushma qo’mitasi tashabbusi bilan tashkil etilgan sayohat davomida ishchi-xodimlarimiz maroqli dam olib, ulkan taaʼsurotlar bilan qaytishdi.
Jamoa nomidan bunday sayohatni tashkillashtirgan Boshqarma rahbariyati va Kasaba uyushma qo’mitasiga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz.