💠 Geologiya va geofizika institutida yaponiyalik hamda mongoliyalik olimlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi Geologiya fanlari universiteti “Geologiya va Geofizika instituti” DMga Yamaguchi universitetidan Masaaki Ovada (Yaponiya), Kyushu universitetidan Yasuxito Osanai (Yaponiya), Ulan Batordan doktor Bat-Erdene Dashni va professor Jargalanlarni (Mongoliya) tashrif buyurishdi.
Xorijlik mutaxassislar bilan uchrashuvda xalqaro grantni amalga oshirish bo‘yicha chora tadbirlar, o‘zaro hamkorlik masalalari va boshqa dolzarb masalalar muhokama qilindi.