H.M.Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika institutida navbatdagi Ilmiy kengash yig’ilishi bo’lib o’tdi.
Unda : Geologiya-mineralogiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun 3-bosqich tayanch doktoranti Hamrayev Ahmadali Xurrom o‘g‘lining “Quljuqtov tog‘lari (Markaziy Qizilqum) bazit daykalari va nefelinli sienitlarining petrologik-geokimyoviy xususiyatlari” mavzusida 04.00.03 – Geotektonika va geodinamika. Petrologiya va litologiya ixtisosligi bo‘yicha dissertatsiya ishi muhokama qilindi va ,,El-yurt umidi jamg’armasi” asosida Buyuk Britaniyada o’qish imkoniyatiga ega bo’lgan tayanch doktorant Jumayev D.D ga akademik ta’tilga chiqarish masalalari ko’rildi.