• Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan 2020 yil 4 mayda tasdiqlangan “Geologiya sohasida Davlat xizmatlarini ko‘rsatilishini yanada takomillashtirish, yer qa’ridan foydalanuvchilarning monitoringini olib borish va ular bilan uchrashuvlar tashkil qilish hamda ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritish bo‘yicha Yo‘l xaritasi” ijrosini ta’minlash maqsadida Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish Farg‘ona mintaqaviy inspektsiyasi mutaxassislari tomonidan Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlari bo‘ylab yer osti suvlaridan noqonuniy foydalanish va suvga quduqlarni noqonuniy burg‘ilash ishlarini oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbirlar amalga oshirildi.

    Nazorturliat tadbirlari davomida 9 holatda  qonunbuzarliklar qayd etildi. Jumladan, 5 ta holatda ruxsatnoma olinmasdan yer osti suvlariga quduqlar burg‘ilanayotgan bo‘lsa, 2 ta holatda quduqlarning ruxsatnoma olinmasdan burg‘ilangan holatlari aniqlandi. Yana 2 ta holatda esa jismoniy shaxslar tomonidan qo‘lbola burg‘ulash uskunalari orqali yer osti suvlariga noqonuniy quduq burg‘ilanayotganligi qayd etildi.

    Ruxsatnomasiz suvga quduq burg‘ilash ishlarini olib borayotgan 1 ta jismoniy shaxs va 1 ta yuridik shaxsga nisbatan “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksi”ning 72-moddasiga (“Suv quduqlarini qazishning belgilangan qoidalari va texnologiyasini buzish”) asosan ma’muriy javobgarlik choralari ko‘rildi.

    Respublika miqyosida yer osti suvlaridan noqonuniy foydalanish va noqonuniy quduq burg‘ilash holatlari yuzasidan qonunbuzarliklarni aniqlash va ma’muriy javobgarlik choralarini ko‘rish bo‘yicha profilaktik-nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.