“H.M. Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika instituti” DM tomonidan tashkil etilgan “O‘zbekiston Respublikasining barqaror rivojlanishida geologik muammolarning fundamental, amaliy va innovatsion yechimlari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani muvaffaqiyatli o‘tkazildi!
🔹 Anjumanda sohaning yetakchi mutaxassislari va olimlar ishtirok etib, geologiya va geofizika sohasidagi muhim masalalar va ularning zamonaviy yechimlarini muhokama qildilar.
🔹 Tadbir doirasida respublika miqyosidagi ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, yangi innovatsion yechimlarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha dolzarb takliflar ilgari surildi.
Anjumanda qatnashgan barcha ishtirokchilarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz va kelajakdagi ilmiy loyihalarda yanada muvaffaqiyatlar tilaymiz!