Ilmiy kengash

H.M.Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika institutida Ilmiy kengash majlisi boʻlib oʻtdi.
Kun tartibida:

  1. 1. Ilmiy kengashning 2025-yil uchun rejasi tasdiqlash.
  2. 2. Akademik I.H. Hamrabayev tavalludining 105 yilligi hamda akademik F.A. Usmonov tavalludining 90 yilligi munosabati bilan Xalqaro konferensiya o‘tkazish;
  3. 3. Doktorantura, tayanch doktorantura 1-bosqich tadqiqotchilar va stajor-tadqiqotchilarning ilmiy rahbari, shaxsiy ish rejasi hamda dissertatsiya mavzularini muhokama qilish va tasdiqlash
    masalalari muhokama qilindi.

Yil yakuni

H.M.Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika institutining 2024-yilda amalga oshirilgan Ilmiy-tadqiqot ishlari va moliyaviy-iqtisodiy ko’rsatkichlar bo’yicha yillik natijalarini tahlil qilish maqsadida Ilmiy kengash majlisi bo’lib o’tdi.
Kun tartibida:

  1. H.M. Abdullayev nomidagi geologiya va geofizika instituti” DM direktori A.B. Xolikovning 2024-yildagi ilmiy va ilmiy-tashkiliy faoliyati natijalari hamda 2025-yilda bajarilishi rejalashtirilayotgan vazifalari to‘g‘risidagi hisoboti;
  2. Institut tasarrufidagi Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutiing 2024-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti;
  3. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-dekabrdagi 1030-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asoslanib qo‘shimcha haq olish huquqiga ega bo‘lgan xodimlarning hujjatlarini umumlashtirish va tasdiqlash bo‘yicha ishchi komissiyani tuzish;
    masalalari ko’rib chiqildi va tasdiqlandi.