Bugun H.M.Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika institutida Ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash majlisi boʻlib oʻtdi.
Malakaviy imtihon
H.M. Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika institutida ixtisoslik fanidan imtihon bo‘lib o‘tdi
H.M. Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika institutida tadqiqotchi-doktorantlar uchun 04.00.03 «Geotektonika va geodinamika. Petrologiya va litologiya» ixtisoslik fanidan imtihon bo‘lib o‘tdi. Ushbu imtihon tadqiqotchilarning ilmiy tayyorgarlik darajasini baholash hamda ularning tanlangan yo‘nalish bo‘yicha fundamental bilim va ko‘nikmalarini aniqlashga qaratildi.
Ilmiy xodimlarning ommabop gazetalarda maqolasi
H.M. Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika instituti Petrologiya laboratoriyasi boshlig’i, geologiya-mineralogiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim Feruza Karimovaning O‘ZBEKISTON GEOLOGIYASI: AN’ANALARI VA ZAMONAVIY YONDASHUVLARI mavzusidagi maqolasi ПРАВДА ВОСТОКА gazetasida chop etildi.
ПРАВДА ВОСТОКА № 27 2025
Xalqaro hamkorlik
Xalqaro hamkorlik va barqaror rivojlanish yo‘lida muhim tashrif!
Bugun H.M. Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika institutida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. YUNESKOning Olmaota vakolatxonasi vakillari – Dana Zhunissova va Diana Ariokhanova tashrif buyurishdi.
Ular BMT Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) orqali Global ekologik fond tomonidan moliyalashtiriladigan loyiha doirasida muzokaralar olib borildi.
Seminar
H.M. Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika institutida Italiyaning Piza universiteti professori Matteo Masotta ishtirokida “Experimental Petrology and Geochemistry at DST-UniPi” mavzusidagi ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi.