Mustaqil izlanuvchilik

Mustaqil izlanuvchilikka hujjat topshiruvchi talabgorlar diqqatiga!

2025-yil navbatdagi chorak uchun mustaqil izlanuvchilikka Yagona elektron tizim (http://daraja.ilmiy.uz/) orqali onlayn hujjatlar topshirish boshlanmoqda.

✅Hujjatlar 2025-yil 15-yanvardan 15-fevralga qadar Yagona elektron tizimi (http://daraja.ilmiy.uz/) orqali qabul qilinadi.

📌Talabgor hujjatlari ilmiy yoki taʼlim tashkilotlari tomonidan ko‘rib chiqilib qabul qilinadi yoki rad etiladi.

Ilmiy kengash

H.M.Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika institutida Ilmiy kengash majlisi boʻlib oʻtdi.
Kun tartibida:

  1. 1. Ilmiy kengashning 2025-yil uchun rejasi tasdiqlash.
  2. 2. Akademik I.H. Hamrabayev tavalludining 105 yilligi hamda akademik F.A. Usmonov tavalludining 90 yilligi munosabati bilan Xalqaro konferensiya o‘tkazish;
  3. 3. Doktorantura, tayanch doktorantura 1-bosqich tadqiqotchilar va stajor-tadqiqotchilarning ilmiy rahbari, shaxsiy ish rejasi hamda dissertatsiya mavzularini muhokama qilish va tasdiqlash
    masalalari muhokama qilindi.

Konferensiya 2024

Hurmatli hamkasblar va izlanish yo‘lidagi yoshlar!

Sizni 2024-yil 7-8 noyabr kunlari Tog‘-kon sanoati va Geologiya vazirligi, Geologiya fanlari universiteti, “H.M. Abdullayev nomidagi geologiya va geofizika instituti” DM tomonidan tashkil etilayotgan “O‘zbekiston Respublikasining barqaror rivojlanishida geologik muammolarning fundamental, amaliy va innovatsion yеchimlari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumanda ishtirok etishga taklif etamiz(Toshkent shahri).