O‘zbekiston olimlari xalqaro ilmiy maydonlarda

H.M. Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika instituti olimlari geologiya fanining dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha xalqaro ilmiy tadbirlarda faol ishtirok etmoqda.

Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida joylashgan «A.P. Karpinskiy nomidagi Butunrossiya ilmiy-tadqiqot geologiya instituti (ВСЕГЕИ)»da o‘tkazilgan “Палеозой России: проблемы региональной стратиграфии и межрегиональной корреляции” nomli Butunrossiya ilmiy kengashida institutning Petrologiya laboratoriyasi boshlig‘i F.B. Karimova va ilmiy xodimi D.I. Jumaniyozov ishtirok etdilar.

Tadbir doirasida Karpinskiy instituti rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazilib, ikki muassasa o‘rtasida ilmiy-tadqiqot ishlari, xalqaro grantlar, yangi metodikalar va ilmiy seminarlar bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Shu bilan birga, 2025-yil 6–9-noyabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Taizhou shahrida bo‘lib o‘tgan “The 3rd International Conference on Advanced Coating and Thin Film Technology – ACTF 2025” xalqaro ilmiy anjumanida institut ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Xalmatov Rustam Abduxatovich “Some Aspects of Changes in the Microstructure of Steels Depending on the Content of Rare Earth Metals” mavzusida ma’ruza bilan chiqish qildi.

🔬 Mazkur ilmiy chiqishlarda O‘zbekiston geologiya fanining xalqaro miqyosdagi ilmiy salohiyatini yuksaltirish, ilg‘or tajribalarni o‘zlashtirish va yangi texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Yangi texnologiyalar — aniq ilmiy natijalarning asosi!

H.M. Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika instituti Glyatsial geologiya markazi tomonidan GEF–UNDP–YUNESKOning “Muzliklarni baholashda mintaqaviy hamkorlikni ta’minlash orqali Markaziy Osiyo davlatlarining barqarorligini mustahkamlash” loyihasi doirasida zamonaviy SOUTH Galaxy G7 GNSS apparati qabul qilib olindi.

📡 Ushbu yuqori aniqlikdagi qurilma muzliklar va tog‘-geodinamik jarayonlarni monitoring qilish, relyef va geofizik o‘lchovlarni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

 

🔬 Yangi texnologiyalarni joriy etish orqali institut mutaxassislari ilmiy tadqiqotlarning aniqligi va samaradorligini oshirish, shuningdek, xalqaro standartlarga mos natijalarga erishishni maqsad qilgan.

🤝 GEF–UNDP–YUNESKO bilan hamkorlik doirasidagi bunday tashabbuslar Markaziy Osiyo mintaqasida iqlim o‘zgarishlarini o‘rganish va barqaror rivojlanishni ta’minlash yo‘lida muhim qadamdir.

🤝 Xitoy Uran Korporatsiyasi vakillari bilan uchrashuv

H.M. Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika institutida Xitoy Uran Korporatsiyasi Geologiya va texnologiya kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda tomonlar geologik izlanishlar, foydali qazilmalarni o‘rganish va qayta ishlash texnologiyalarida hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.

🔹 Shuningdek, qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalari, tajriba almashish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish hamda mutaxassislar malakasini oshirish yo‘nalishlarida hamkorlik istiqbollari belgilab olindi.

Bunday uchrashuvlar xalqaro ilmiy hamkorlikni yanada mustahkamlash va yangi geologik tashabbuslarni amalga oshirish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Seminar-trening kursi

H.M. Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika institutida Geologiya fanlari universiteti Umumiy geologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari — Moyliyev M.Sh., Amirov E.M. va Baxtiyorov O.E. tomonidan ilmiy-amaliy seminar-trening tashkil etildi.

📚 Mavzular:
1. “Tadqiqot natijalari asosida intruziv hosilalarining petrogeokimyoviy tavsifi va ma’dandorligini aniqlash”
2. “PhD dissertatsiyasini tayyorlash, tasdiqlash va himoya qilish tartibi”

Seminarda ilmiy-tadqiqot uslublari, petro-geokimyoviy tahlillar natijalarini qayta ishlash, dissertatsiya jarayonlari va yosh tadqiqotchilar uchun metodik tavsiyalar batafsil yoritildi.

🟢 Tadbir ishtirokchilar uchun foydali ilmiy tajriba almashuv maydoni bo‘lib xizmat qildi.

H.M. Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika instituti 2026-yil uchun quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc) bosqichlariga ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qish uchun qabul e’lon qiladi.

⏩ Ixtisosliklar shifri va nomi

📘 Tayanch doktorantura (PhD):

🔹 04.00.01 – Umumiy va mintaqaviy geologiya – 2 ta
🔹04.00.03 – Geotektonika va geodinamika. Petrologiya va litologiya – 2 ta
🔷 04.00.06 – Geofizika. Foydali qazilmalarni qidirishning geofizik usullari – 2 ta
🔷 04.00.08 – Mineralogiya. Kristallografiya – 2 ta
🔷 04.00.02 – Qattiq foydali qazilma konlarining geologiyasi, ularni qidirish va razvedka qilish. Metallogeniya va geokimyo – 2 ta

📙 Doktorantura (DSc):
🔹 04.00.01 – Umumiy va mintaqaviy geologiya – 1 ta
🔹04.00.03 – Geotektonika va geodinamika. Petrologiya va litologiya – 1 ta
🔷04.00.06 – Geofizika. Foydali qazilmalarni qidirishning geofizik usullari – 1 ta 🔷 04.00.08 – Mineralogiya. Kristallografiya – 1 ta
🔷 04.00.02 – Qattiq foydali qazilma konlarining geologiyasi, ularni qidirish va razvedka qilish. Metallogeniya va geokimyo – 1 ta

⏩ Talab etiladigan hujjatlar

✅ Ariza
✅ Qisqacha biografik ma’lumot (3.5 shakl bo‘yicha, o‘zbek va rus tillarida)
✅ Mehnat daftarchasining tasdiqlangan nusxasi (ishlayotganlar uchun)
✅ Magistratura yoki mutaxassislik dasturi bo‘yicha diplom nusxasi
✅ Nashr etilgan ilmiy ishlar (kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis)
✅ Pasport nusxasi
✅ Tan olingan xorijiy til sertifikati
✅ Prezident Davlat stipendiyasi guvohnomasi (mavjud bo‘lsa)

⏩ Doktorantura (DSc) uchun qo‘shimcha talablar

✅ PhD yoki unga teng ilmiy daraja diplomi nusxasi
✅ Doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi
✅ Nashr etilgan ilmiy ishlar ro’yxati, shuningdek ularning nusxalari (kamida 3 ta maqola va 2 ta tezis)

⏩ Hujjatlarni topshirish tartibi

Barcha hujjatlar PDF shaklida tayyorlanib, https://daraja.ilmiy.uz/
sayti orqali yuboriladi.

🗓 Qabul muddati: 2025-yil 5-oktabrdan 5-noyabrgacha.