Geologik xaritalashda muhim bosqich – petrografik yondashuv

H.M. Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika institutida O‘zbekiston petrografik kengashi tomonidan 1:200 000 masshtabdagi yangilangan geologik xaritaning tayanch ishchi legendasi asosida magmatik komplekslarga oid tasnif va ularning tavsifi bo‘yicha muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Muhokamada petrografik birliklar nomenklaturasi, ularning xaritaga kiritilish mezonlari hamda ilmiy-amaliy asoslari atroflicha ko‘rib chiqildi. Bu bosqich respublika miqyosidagi geologik xaritalash ishlarining metodik aniqligi va zamonaviylik darajasini oshirishga xizmat qiladi.

📍 Kartografiyada aniq yondashuv – geologik bilimlar uchun mustahkam poydevor.

Fundamental geologiyada xalqaro hamkorlik sari yangi qadam

H.M. Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika institutida Xitoy Xalq Respublikasi Fanlar akademiyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tashrif doirasida fundamental geologiya yo‘nalishida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish istiqbollari muhokama qilindi. Tomonlar ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarida tajriba almashish, qo‘shma loyihalar va akademik almashinuvlarni yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.