📢 Tayanch doktoranturaga kirish imtihonlari yakunlandi

H.M. Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika institutida 2026-yil qabul uchun tayanch doktoranturaga kirish imtihonlari belgilangan tartibda o‘tkazildi.

Imtihonlar quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha tashkil etildi:
🔹 04.00.01 – Umumiy va mintaqaviy geologiya
🔹 04.00.02 – Qattiq foydali qazilma konlarining geologiyasi, qidiruv va razvedka. Metallogeniya va geokimyo
🔹 04.00.03 – Geotektonika va geodinamika. Petrologiya va litologiya
🔹 04.00.06 – Geofizika. Foydali qazilmalarni qidirishning geofizik usullari
🔹 04.00.08 – Mineralogiya. Kristallografiya

🧑‍🔬 Imtihon jarayonida talabgorlarning nazariy bilimlari, ilmiy fikrlash ko‘nikmalari, amaliy tayyorgarligi va tanlagan yo‘nalish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot olib borish salohiyati baholandi.

📌 Imtihonlar institutning tegishli laboratoriyalari va kafedralari mutaxassislari ishtirokida shaffof, xolis va belgilangan talablarga muvofiq ravishda o‘tkazildi.

📢 E’LON — 2026-yil uchun tayanch doktorantura imtihonlari jadvali

 

H.M. Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika instituti huzuridagi oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutida 2026-yil qabul uchun mutaxassislik fanlaridan imtihonlar belgilangan tartibda o‘tkaziladi.

Quyida imtihon sanalari va onlayn translyatsiya havolalari bilan tanishishingiz mumkin:

📚 1. 04.00.02 – Qattiq foydali qazilmalar geologiyasi, qidiruv va razvedka. Metallogeniya va geokimyo
ZOOM (https://us06web.zoom.us/j/81794394832?pwd=84VHunjK8r2LemjElqdPqbWFgOt4ad.1)

🌍 2. 04.00.03 – Geotektonika va geodinamika. Petrologiya va litologiya
ZOOM (https://us06web.zoom.us/j/81663382390?pwd=Gc50DMHZahbrwcZ4xuXAGDF1C8IdaL.1)

🛰 3. 04.00.06 – Geofizika. Foydali qazilmalarni qidirishning geofizik usullari
ZOOM (https://us06web.zoom.us/j/82850214371?pwd=wHXZRzapPvyJMHwxKGas79d5aJwcu2.1)

💎 4. 04.00.08 – Mineralogiya. Kristallografiya
ZOOM (https://us06web.zoom.us/j/87455162505?pwd=373PuSjYUF0jLP0bie5YNDWJkDM2qG.1)

🌐 5. 04.00.01 – Umumiy va mintaqaviy geologiya
ZOOM (https://us06web.zoom.us/j/87155756754?pwd=zPOXZl2U1UZD4V4RiKeL0BlaLoYz1N.1)

📌 Eslatma: Imtihonda ishtirok etuvchilar shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan, belgilangan vaqtdan kechikmay kelishlari so‘raladi.

📢 Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi — maqolalar tanloviga taqdim etilgan ishlar!

H.M. Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika institutida “Aksilkorrupsiya oyligi” doirasida o‘tkazilgan “Eng yaxshi maqola” yo‘nalishidagi tanlovga xodimlar va yosh tadqiqotchilar tomonidan qator mazmunli maqolalar taqdim etildi.

📝 Tanlovga topshirilgan maqolalarda:
— korrupsiyaga qarshi kurashishning dolzarb masalalari;
— halollik tamoyillari va mas’uliyat madaniyati;
— davlat boshqaruvida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash;
— jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirish masalalari yoritildi.

Glyatsial geologiya markazi

Kosbergenov K.M. Yo’ldoshev Z.D.

Saitov Nuriddin Erkin o‘g‘li

🎯 “Aksilkorrupsiyaga oyligi” doirasida tanlov tadbirlari o‘tkazildi

9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni hamda noyabr–dekabr oylarida o‘tkazilayotgan “Aksilkorrupsiyaga oyligi” doirasida H.M. Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika institutida qator tanlov tadbirlari tashkil etildi.

O‘tkazilgan tadbirlarda bir qator nominatsiyalarda ilg‘or xodimlar e’tirof etildi. Jumladan:

“Zakovat” intellektual bellashuvi – Mintaqaviy geofizika laboratoriyasi;

“Eng yaxshi devoriy gazeta” –

Glyatsial geologiya markazi;

“Eng yaxshi maqola” – Atabayeva Feruza Ravshanovna;

“Eng yaxshi she’r” Saitov Nuriddin Erkin o‘g‘li.

🖋 Tadbirning maqsadi – korrupsiyaga nisbatan murosasizlik muhitini shakllantirish, xodimlarda halollik va mas’uliyat tuyg‘usini kuchaytirish, shuningdek institut jamoasida ochiqlik va qonun ustuvorligiga asoslangan boshqaruv madaniyatini mustahkamlashdir.

O‘zbekiston olimlari xalqaro ilmiy maydonlarda

H.M. Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika instituti olimlari geologiya fanining dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha xalqaro ilmiy tadbirlarda faol ishtirok etmoqda.

Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida joylashgan «A.P. Karpinskiy nomidagi Butunrossiya ilmiy-tadqiqot geologiya instituti (ВСЕГЕИ)»da o‘tkazilgan “Палеозой России: проблемы региональной стратиграфии и межрегиональной корреляции” nomli Butunrossiya ilmiy kengashida institutning Petrologiya laboratoriyasi boshlig‘i F.B. Karimova va ilmiy xodimi D.I. Jumaniyozov ishtirok etdilar.

Tadbir doirasida Karpinskiy instituti rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazilib, ikki muassasa o‘rtasida ilmiy-tadqiqot ishlari, xalqaro grantlar, yangi metodikalar va ilmiy seminarlar bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Shu bilan birga, 2025-yil 6–9-noyabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Taizhou shahrida bo‘lib o‘tgan “The 3rd International Conference on Advanced Coating and Thin Film Technology – ACTF 2025” xalqaro ilmiy anjumanida institut ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Xalmatov Rustam Abduxatovich “Some Aspects of Changes in the Microstructure of Steels Depending on the Content of Rare Earth Metals” mavzusida ma’ruza bilan chiqish qildi.

🔬 Mazkur ilmiy chiqishlarda O‘zbekiston geologiya fanining xalqaro miqyosdagi ilmiy salohiyatini yuksaltirish, ilg‘or tajribalarni o‘zlashtirish va yangi texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.