2025-yil 29–31-may kunlari Tojikiston Respublikasining Dushanbe shahrida o‘tkazilayotgan Muzliklarni saqlash bo‘yicha yuqori darajadagi xalqaro konferensiyada H.M. Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika instituti Glyatsial geologiya markazi xodimlari ishtirok etmoqda.

Mazkur nufuzli anjuman iqlim o‘zgarishi sharoitida tog‘ muzliklarining holati, ularni monitoring qilish, ilmiy o‘rganish va barqaror rivojlanishni ta’minlash yo‘llarini muhokama qilishga bag‘ishlangan.

Institut vakillarining ishtiroki mintaqaviy va global miqyosda muzliklar geologiyasini chuqur tahlil qilish, ilmiy hamkorlikni kengaytirish hamda ilg‘or yondashuvlarni tatbiq etishda muhim qadamlardan biridir.

Muzliklar taqdiri – insoniyatning ekologik mas’uliyati bilan chambarchas bog‘liq!