H.M. Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika institutining Glyatsial geologiya markazi ilmiy xodimlari Markaziy Osiyoda muzliklarni monitoring va modellashtirish bo‘yicha mintaqaviy ishchi guruh yig‘ilishda ishtirok etdilar.
Mazkur yig‘ilishda: 2025-2026 yillarga mo‘ljallangan qo‘shma yo‘l xaritasini kelishish, erishilgan ilmiy natijalarni muhokama qilish hamda muzliklar va muzlik ko‘llarini monitoring qilish va modellashtirish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
Institutimiz ilmiy-tadqiqotlari doirasida muzliklar monitoringini rivojlantirish va tabiiy resurslarni samarali boshqarishga qaratilgan xalqaro hamkorlikni kengaytirish ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.